Xitoy musulmonlarni Urumchidan quvmoqda

538
0

image-8Bosqinchi Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning poytaxti Urumchi shahridagi mahalliy musulmonlarni turli bahonalar bilan ko’chib ketishga majbur qilmoqda. Agar ular qabul qilishmasa Isroil uslubini qo’llab, buldozerlar bilan uylarini buzib, o’zlarini qamoqqa tiqyapti.

Ismini oshkor qilishni istamagan urumchilik bir musulmonning bildirishicha, Xitoy hukumati 2009 yil 5 iyulda amalga oshirgan qatliomdan so’ng Urumchi shahrini musulmonlardan tozalash siyosatini muntazam ravishda davom ettirmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun turli bahonalarni to’qib chiqarish odat tusiga aylangan.

Musulmonlarning uylari buzib tashlanar ekan, uy jihozlarini sotadigan va ta’mirchilik bilan shug’ullanadigan kichik do’konlar ham bundan omon qolmayapti. Guvohlarning bildirishicha, hatto do’konlardagi tovarlarni olishga ham ruxsat berilmayapti. Mulk egalarining noroziligi va qarshiligiga qaramay, axlat tashuvchi moshinalar yuz minglagan yuanga to’g’ri keladigan do’konlardagi ashyolarni axlatga olib ketishmoqda.

“Do’konlar va ish joylariga har kun politsiyalar kelib turli so’rovlar o’tkazishadi va o’zlarini terrorga aloqador qilib ko’rsatishga urinib tahdidlar qiladi. Undan so’ngra moliya va nalog idorasidan odamlar kelishadi. Oldi-sotdi hisoblarini tekshirib, nalogdan qochish uchun pul miqdorini yashirganlik va noqonuniy tashqi tijorat bilan shug’ullanganligini da’vo qiladi. Bunin jazosi uchun musulmonlar to’lay olmaydigan katta pulni ularning bo’yniga ilib qo’yishadi. Yana bir necha kundan keyin kelishib agar do’konlarini bekitib Urumchidan ko’chib ketishni qabul qilishsa jazodan qutilishini aytishadi. Musulmonlar ham umr bo’yi to’lay olmaydigan jarimadan qutilish uchun do’konlarini bekitib Urumchidan ketishga majbur bo’lishadi”, deya hikoya qiladi musulmon tadbirkorlardan biri.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.