Qirg’iziston hukumati o’zining kim ekanligini yana bir bora ko’rsatdi

344
0

IMG-20140914-WA0002Qirg’iziston hukumati Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan jirkanch kurashida o’zining kim ekanligini va o’z xojalari bo’lgan mustamlakachi kofirlar malayi ekanligini yana bir bor isbotlab berdi.

2014 yilning 13 sentyabr kuni tongi soat 6:30lar chamasida, huddi ashaddiy jinoyatchini qo’lga olgani kelgandek tish-tirnog’igacha qurollangan kuch organlari Qorasuv shahridagi uch musulmonning uyiga bostirib kirishdi. Bular Qorasuv shahrida yashovchi Jumaboev Dilyor, Shamsiddinov Ibroxim va uning bir tug’ishgan akasi Shamsiddinov Ubaydulloh akalardir.

Ubaydulloh akaning uyini ostin-ustun qilib tintuv o’tkazishib, ba’zi buyumlarni dalil qatori olib, o’ziga tegmay chiqib ketishdi. Uning ukasi Ibroxim akaning ham uyini tintib, o’zlari tashlab qo’ygan varaqa va kitoblarni “topib olishgach”, Ibroxim akani o’zini ham olib ketishdi.

 IMG-20140914-WA0000Qorasuv shahrida oddiy xalq haq-huquqlari uchun tinmay kurashib nom chiqargan Jumaboev Dilyorning uyiga esa 20tadan ziyod maxsus xizmat xodimlari va 50 nafar militsiya xodimlari kelib, undan eshikni ochishni talab qilishgan. Dilyor ko’cha eshigini ochmay, ulardan tintuv uchun ruxsatnomani ko’rsatishni talab qilgach, maxsus xizmat xodimlari darvozadan oshib o’tishgan. O’zini va oila-a’zolarini himoya qilishga chog’langan Dilyor darvozadan birinchi bo’lib oshib o’tgan xodim bilan yoqalashib ketgan. Darvozadan oshib o’tgan qolgan xodimlar ko’plashib Dilyorni ur-tepkiga olib, uy deraza oynalarini sindirib, birorta ham guvohni kirgizmay hamma yoqni ostin-ustun qilib tintuv o’tgazishgach, Dilyorni o’zini og’ir axvolda olib chiqib ketishdi.

Jumaboev Dilyor bu ish sodir bo’lgunga qadar Qorasuv xalqini hukumat bilan bo’lgan kelishmovchiliklarida oddiy xalq yonida bo’lib, kuch organlari tomonidan qonun buzilishlariga yo’l qo’ymay, kuch organlari bilan tinimsiz kurashib kelar edi. Shu sababli Qorasuv shahridagi kuch organlari iloji boricha Dilyor bilan to’qnashmaslikka harakat qilishar edi. Shuning uchun ham rasmiy hukumat Dilyorni qo’lga olish uchun poytaxt Bishkekdan atayin maxsus guruh jo’natdi. Bu guruh esa o’zlari muxofaza qilishi kerak bo’lgan qonunlarni barchasini buzgan holda, darvozadan oshib o’tib, o’zini do’pposlab, og’zi-burnini qonga bo’yab olib chiqib ketishdi. Soat 6:30da boshlangan tintuv soat 12:30ga qadar davom etdi.

Rasmiy hukumat bu ishi orqali birinchi raqamli jinoyatchi o’zi ekanligini, oddiy xalqni qo’rquvda ushlab turishdan boshqa narsaga yaramasligini yana bir bora isbotlab qo’ydi. Qirg’iziston hukumati ham O’zbekiston qonxo’ri Karimov kabi Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashida har qanday axloq va me’yorlarni pisand qilmasligini, o’zlari tomonidan qo’yilgan qonunlarga o’zlari rioya etmasliklarini ko’rsatib berdi.

Ey, Qirg’iziston musulmonlari!

Rasmiy hukumat faqatgina birorta islomiy guruh yoki harakatga qarshi kurashayotgani yo’q! Balki, Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi kurashmoqda! Maktablarda o’quvchi qizlarning ro’mollariga, hijobga, saqolga ta’qiq qo’yishga intilish bilan o’zining razil maqsadini ochiq izhor qilmoqda!

Agar sizlar hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday iflosliklarga bugun sukut saqlaydigan bo’lsangiz, ertaga sizlarni ham boshingizga O’zbekiston musulmonlarining holi tushadi. Ana shunda biz uchun or-nomus bo’lgan onalarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimizni ko’chalarda avratlarini berkitib yurishlari, masjidlarda barcha erkin ibodat qilish bir orzu bo’lib qoladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.