Yangi sanktsiyaga qarshi Rossiyaning javobi

457
0

روسيا تهدد بإغلاق سمائها في وجه طائرات الغربNATO ittifoqiga a’zo davlatlar yaqinda Uelsda tashkil qilgan sammitda agar Rossiya sulh shartlariga amal qilmay, o’z qo’shinlarini Ukraina hududidan olib chiqmasa, unga qarshi yangi jazo choralarini qo’llash borasida kelishib oldi.

Jazo choralari amalga oshishi kutilayotgan bir paytda Rossiya bunga qarshi keskin javob qaytardi. Rossiya bosh vaziri Dimitriy Medvedov G’arb davlatlari Moskvaga qarshi sanktsiya qo’llaydigan bo’lsa Rossiya samalyot parvozlari uchun o’z havo hududlarini yopib qo’yishi mumkinligini bildirdi.

“Yangi jazo choralari qo’llanishi yoki qo’llanmasligini ulardan so’rash kerak. Agar bizning energetika yoki moliya sohamizga oid sanktsiyalar qo’llansa biz bunga albatta javob qaytaramiz”, “Biz o’rtoqlarimiz bilan do’stona aloqada hamkorlik qilish niyatidamiz. Shuning uchun biz Rossiya havo hududlarini ularning samalyotlari uchun ochiq qoldirmoqdamiz. Agar bizga cheklovlar joriy qilishga urinishsa biz ham javob qaytarishga majbur bo’lamiz”, dedi Medvedov mahalliy gazetalardan biri “Vedemosti”ga bergan intervyusida.

G’arb havo yo’llari shirkatlari agar Rossiya havo hududidan foydalanmasa kasodga uchrashini qayd etgan Medvedov hodisalar jarayoni bu darajaga etib borishini istamasligini bildirar ekan “g’arblik do’stlarimiz buning farqiga borishini istardik”, deya ta’kidladi.

Medvedovning da’vo qilishicha, G’arb davlatlarining Rossiyaga qarata yangi jazo choralarini qo’llashi Ukraina inqiroziga hech qanday ta’sir qilmaydi, aksincha global xavfsizlik tizimiga tahdid tug’dirishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.