Gunohi sag’ira va kabiralar to’g’risidagi savolga javob

0
1653

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Abu Abdulloh Xalaf (أبو عبد الله خلف)ning gunohi sag’ira va kabiralar to’g’risidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Qadrli shayximiz, mening savolim «Islomiy shaxsiya» kitobining birinchi juzida kelgan «Do’zaxga Alloh gunohi kabiralari va yomonliklari gunohi sag’ira va yaxshiliklaridan og’ir kelgan musulmonlardan xohlagan kishisini kirgizadi», deyilgan ibora to’g’risida. Bu iboradagi gunohi sag’iralar, deyishdan maqsad nima? Uning ma’nosi kichik gunohlar, degani bo’lsa, u holda, nega u yaxshiliklar so’zi bilan birga kelgan? Ma’lumingiz bo’lsinki, men Hizb a’zosi emasman, chunki bizning mintaqamizda Hizb faoliyat olib bormaydi.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Gunohi sag’iralar engil azob belgilangan gunohlardir, gunohi kabiralar esa og’ir azob belgilangan gunohlardir. Misol uchun:

Yolg’on harom. Biroq siz o’g’ilchangizga – kel, senga qo’limda bir narsa bor, beraman, desangiz, ammo o’g’lingiz kelganda qo’lingizda hech narsa bo’lmasa, yolg’on gapirgan bo’lasiz va bu osiylik hisoblanadi, biroq uning oqibati engil bo’lib, gunohi sag’ira bo’ladi. Imom Ahmad Abu Hurayra Gdan ushbuni rivoyat qiladiki, Rosululloh A bunday deganlar:

 «مَنْ قَالَ لِصَبِيٍّ: تَعَالَ هَاكَ، ثُمَّ لَمْ يُعْطِهِ فَهِيَ كَذْبَةٌ»

«Kim bolaga – kel, buni senga beraman, desa, so’ng bermasa, yolg’on gapiribdi».

Ammo armiya qo’mondoni sizni tog’ ortidagi dushmandan xabar topib kelishga jo’natsa, siz bu tog’ ortida dushman yo’q ekan, desangiz, ammo o’sha tog’ ortida haqiqatdan dushman bor bo’lsa, siz yolg’on gapirgan hisoblanasiz va u osiylik bo’ladi, biroq bu yolg’onning oqibati katta, gunohi azim, og’ir jazoli yolg’on bo’lib, gunohi kabiralardan biri sanaladi… va hokazo.

Endi, gunohi sag’iralar yaxshi amallar bilan birga zikr qilinganiga kelsak, bu narsa ikkalasi ham bitta tarozi pallasida ekanini anglatmaydi. Balki bu arab tilidagi bir uslub bo’lib, muqobil qo’yish uslubi deyiladi. Ya’ni siz ikki turli narsani aytasiz-da, ikkovi ortida yana ikki turli narsani aytasiz, natijada, uchinchi tur birinchi turga muqobil, to’rtinchi tur esa ikkinchi turga muqobil bo’ladi. Masalan Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

«Va albatta, biz yoki sizlar aniq hidoyat ustida yoki ochiq zalolatdadir» [Saba 24]

Bu erda ﴿وَإِنَّا﴾ so’zi ﴿لَعَلَى هُدًى﴾ga muqobil, ﴿إِيَّاكُمْ﴾ esa ﴿فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ﴾ so’ziga muqobildir. Shuning uchun ﴿وَإِنَّا أَوْ إِيَّاكُمْ﴾ bitta pallada bir xil ekanini hamda ﴿هُدًى أَوْ فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ﴾ bitta pallada bir xil ekanini anglatmaydi. Aksincha, yuqorida aytganimizdek, uchinchi tur birinchi turga muqobil, to’rtinchi tur esa ikkinchi turga muqobil bo’lgan bo’ladi. Kitobimizdagi «رجحت كبائرهم وسيئاتهم على صغائرهم وعلى حسناتهم…» «gunohi kabiralari va yomonliklari gunohi sag’ira va yaxshiliklaridan og’ir kelgan…», degan ibora ham muqobil qo’yish uslubiga ko’ra quyidagicha bo’ladi: Gunohi kabiralari gunohi sag’iralaridan og’ir kelsa va yomonliklari yaxshiliklaridan og’ir kelsa, deganni anglatadi, gunohi sag’iralari bilan yaxshiliklari bitta tarozida bir xil ekanini anglatmaydi. Bunga ta’kid sifatida (على), degan jar harfi (صغائر) va (حسنات) oldida alohida takrorlanib kelganligidir. Ulardan maqsad ikkalasi ham ayricha turdagi narsa ekani ayon bo’ladi. U erda atf vovi bilan (على صغائرهم وحسناتهم), deyilmagan, balki xiralik ketkazilib, (على صغائرهم وعلى حسناتهم), deyilgan.

Endi, sizning «ma’lumingiz bo’lsinki, men Hizb a’zosi emasman, chunki bizning mintaqamizda Hizb faoliyat olib bormaydi», degan so’zlaringizga kelsak, istardikki, siz ham biz da’vat qilayotgan ushbu yaxshilikni zimmangizga olsangiz va xohlasangiz, bunda sizga yordam bersak…

So’zim nihoyasida sizga salomatlik tilab, sizni duoi xayr qilib qolaman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

22 shavvol 1435h

18 avgust 2014m

Izohlar yo'q