O’zbekiston fuqarosi qirg’iz chegarachilari o’qidan vafot etdi

397
0

55911581

19 avgust kuni qirg’iz-o’zbek chegarasida O’zbekiston fuqarosi qirg’izistonlik chegarachilar otgan o’qdan vafot etdi.

Qirg’iziston Davlat chegara xizmatining xabar qilishicha, voqea Botken viloyati Qadamjoy tumani O’rto’ Intimaq qishlog’ida sodir bo’ldi. Chegara naryadi chegara chizig’idan 250 metrcha berida 20-25 kishidan ibrat guruhni ko’rib qolgan. Ular Qirg’iziston hududiga noqonuniy o’tgan bo’lib, kontrabanda yuklar solingan tugunlarni Qirg’izistondan O’zbekistonga olib o’tishga urinayotgan bo’lgan.

Xabarda aytilishicha, qoidabuzarlar chegara naryadining to’xtash haqidagi buyrug’iga quloq solmay, ularga qarata tosh otgan. Chegara naryadi avvaliga ogohlantirish tarzida bir necha bor havoga o’q uzgan, qoidabuzarlar bunga ham e’tibor bermagach, qurol ishlatishga majbur bo’lgan. Oqibatda Farg’ona viloyatining Farg’ona tumani Oqbilol qishlog’ida yashagan, 1974 yilda tug’ilgan Yo’lchiev Qahramonjon Olimjonovich o’q tegib qazo qilgan, yana bir o’zbekistonlik jarohat olgan. Qolgan qoidabuzarlar O’zbekiston hududiga o’tib, g’oyib bo’lishgan.

Hodisa chog’ida ikki chegarachi turli darajada tan jarohat olgani va hodisa yuzasidan Qirg’iziston Davlat chegara xizmati tekshiruv boshlagani xabar qilindi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.