Saud Faysal: Falastin masalasi mamlakatning birlamchi masalasidir

420
0

13354420581Saudiya tashqi ishlar vaziri Saud Faysal Saudiya mamlakati Falastin masalasini birinchi darajali masala deb e’tibor qilishini e’lon qildi. Faysal Islom o’lkalarida hukm surayotgan zayiflik haqida gapirar ekan, Islomiy hamkorlik tashkilotidagi hamkasblaridan Islom ummatidagi bu zayiflik sabablari haqida so’radi.

Saudiyaning Jidda shahrida o’tgan Islomiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan konferentsiyaning ochilish nutqida Saud Faysal “Nima uchun biz zayifmiz?”, “Agar Ummatda birlik bo’lganda, Isroil G’azoga tajovuz qilishga qudrati etarmidi?”, degan savollarni o’rtaga tashladi.

“Turli fitnalar sababli Islom Ummatining bo’laklarga ajralib ketishi Isroilning qayta-qayta jinoyatlarni takrorlashga undamoqda”, “yig’ilishimizni tasalli berish majlisiga aylantirmoqchi emasmiz. Hozir tasalli berish va echim kutib o’tirish vaqti emas”, “Isroilning asosiy maqsadi Falastinni tag-tomiri bilan qo’porib tashlashdir”, dedi Saudiya tashqi ishlar vaziri Saud Faysal butun dunyoni bu qing’inlar qarshisida sukut saqlab turishda ayblab.

Falastindagi og’ir vaziyat haqida so’z yuritgan Faysal muammoning echimi haqida gapirish o’rniga Falastinga ko’rsatiladigan moddiy yordamlar haqida gapirdi. U jo’shqin nutq so’zlar ekan, Saudiya qiroli Falastin uchun 300 million dollarlik tibbiy yordam ajratganligini ta’kidlab o’tishni unutmadi. Faysalning ma’lum qilishicha, rivojlanish jamg’armasi ham Falastinni qayta tiklash uchun 500 million dollar yordam ajratgan.

Turkiston:

Islomiy o’lkalarning rahbarlari o’zlarini G’azo uchun qanchalar jonkuyar qilib ko’rsatmasin, ular og’izda gapirishdan aslo nariga o’ta olmaydi. Agar ular o’z da’volarida samimiy bo’lganlarida edi, allaqachon so’zdan amalga o’tgan bo’lardi.

Saudiya arabistoni Falastin masalasini mamlakatning birinchi masalasi qilib belgilashi va Falastin uchun mablag’lar ajratishi ham hech narsani hal qila olmasligi kundek ravshan. Bundan avval ham qancha-qancha yig’ilishlar o’tkazilgan va katta-katta mablag’lar ajratilganiga qaramay, hech qanday echimga erishilgan emas. Falastin masalasining birdan-bir echimi – Insha Alloh – Muhammad s.a.v.ning lashkarlari ayoqqa turishi bilan hal bo’ladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.