Inson huquqlarini himoya qiluvchi “Human Rights Watch” tashkiloti tarafidan chiqarilgan hisobot as-Sisi hukumatining “terrorizm”ga qarshi qanday kurash olib borayotganini ochib tashladi. Hisobotga ko’ra, o’tgan yildan buyon davom etib kelayotgan namoyishlarda Misr xavfsizlik kuchlari tarafidan o’ldirilgan musulmonlarning soni 1150 nafarga etgan. Bu raqam yashirishning iloji bo’lmagan rasmiy raqamdir. Asl raqam esa faqat Allohga ayon, hatto o’ldirilganlarning haqiqiy sonini qotillarning o’zlari ham bilmaydi.
Tashkilotga ko’ra, bu qotillik Misrning yuqori darajali mas’ullari tarafidan rejalashtirilgan va bu qotillikning javobgarlari hozir ham hokimiyatni qo’lda tutib turipti. Minglagan tinch namoyishchi o’lib ketganiga qaramay, bu qotilliklarda hukumat vakillaridan bir kishining ham jazoga tortilmasligi e’tiborga molikdir.