Obama Erdug’on bilan hamkorlik qilishni orzuqib kutmoqda

340
0

obamaJpegOq uy ma’muriyati prezident Barak Obamaning Turkiyaning yangi prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on bilan hamkorlikda faoliyat yuritishni sabrsizlik bilan kutayotganligini bildirdi.

Oq uy milliy xavfsizlik kengashining so’zchisi Keytlin Xeyden o’ziga berilgan bir savolning javobida Turkiyadagi prezidentlik saylovi natijalarini kuzatib turganliklarini qayd etdi.

AQSh prezidenti Obama Turkiyada o’tgan saylovda g’alaba qozonib, prezidentlikni qo’lga kiritgan Erdug’on bilan yangi mansabida hamkorlikda faoliyat yuritishni sabrsizlik bilan kutayotganini bildirgan Xeyden ayni paytda Obama Erdug’onning o’rnini egallaydigan yangi bosh vazir bilan ham hamkorlik qilish ishtiyoqida ekanligini ma’lum qildi.

Xeydenning bildirishicha, yaqin kunlarda AQSh prezidenti Barak Obama Turkiyaning yangi prezidenti Rajab Toyyib Erdug’onga qo’ng’iroq qilishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.