Turkiya bosh vaziri prezident bo’ldi

309
0

zafer-kazanan-erdogan-balkon-konusmasi-yapiyor-6364198_7058_mShu vaqtgacha Turkiya bosh vaziri mansabini egallab kelgan Rajab Toyyib Erdug’on 10 avgustda o’tkazilgan saylovlarda g’alabani qo’lga kiritib Turkiya jumhuriyati prezidenti mansabini qo’lga kiritdi. Ilk marotaba xalq ovoziga qo’yilgan prezidentlik saylovida o’z nomzodini qo’ygan Erdug’on norasmiy natijalarga ko’ra 57% ovoz bilan Turkiyaning 12 prezidentiga aylandi.

Erdug’on 2003 yil 15 martda tashkil qilgan hukumat bilan bosh vazirlik maqomini Abdulloh Guldan qabul qilib olgan edi. Shundan so’ng qayt-qayta uch marta bosh vazirlik kursisiga o’tirdi. U boshchilik qilgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi mahalliy saylovlarda 2004 yil 28 martda 40,2%, 2009 yil 38,6% va oxirgi marta 2014 yil 45.5% ovoz olib peshqadamlikni qo’lga kiritib keldi.

Bo’lajak prezident o’zining yutig’idan xursand bo’lib, o’ziga ovoz berganlarga ham, bermaganlarga ham tashakkur bildirdi. Demokratiyaning zafar qozonganini ta’kidlagan Erdug’on o’zining prezident bo’lib saylanishi faqat Turkiyaning emas, balki qirg’inlardan aziyat chekayotgan boshqa Islom o’lkalarining ham g’alabasi ekanligini bildirdi.

“Aziz vatandoshlarim, sizlarga bu tarixiy kunda demokratiya va milliy irodaning zafar kechasida chin qalbimdan salomlar yo’llayman”, “bugun demokratiya g’alaba qozondi, bugun menga ovoz berganlar ham, bermaganlar ham g’alaba qozondi. Bugun 77 million, buyuk Turkiya g’alaba qozondi. Faqat Turkiya emas, balki bugun Shom, Hamas, Quddus va Ramalloh ham g’alaba qozondi”, dedi yangi prezident.

Saylov ortidan birinchilardan bo’lib, prezidentlikni topshirishga tayyor turgan Abdulloh Gul, parlament rahbari Jamol Chechak va to’qqizinchi prezident Sulaymon Demirel tabrik yo’lladi. Tashqi davlatlardan Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliev va Kipr prezidenti Derviy Yero’g’lu Erdug’onga tabrik yo’lladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.