Shunday bo’lishiga qaramay, AQSh hukumatining oxirgi harakati ortiqcha izohga o’rin qoldirmadi. Vashington Yaqin Sharqdagi o’zining eng yaqin ittifoqchisi bo’lgan Isroilni qurollantirishda davom etmoqda. Raketalarni urib tushiradigan “Temir Gumbaz” sistemasini kuchaytirish uchun AQSh kongresi yana 225 million dollarlik yordamni tasdiqladi.
AQSh mudofaa vazirligining so’zchisi Admiral Jon Kirbi G’azoga hujum uyushtirilayotgan bir paytda Qo’shma shtatlar Isroilga qurol aslaha yuborganligini ochiqladi.
“Isroilning xavfsizligi Amerika uchun muhimdir. Isroil himoyasini kuchli va har bir holatga tayyor turishini ta’minlash AQShning halqaro manfaatlari uchun hayotiy masaladir. Bu aslahalarning Isroilga yuborilishi ayni maqsadlar uchun amalga oshirilmoqda”, dedi admiral Kirbi.
Turkiston:
Demak AQSh, Islom yurtlari armiyalaridan qattiq vahimaga tushgan. Chunki (Isroil)ga Falastin tomonidan deyarli harbiy xavf yo’q. Atrof yurtlardagi jihodiy harakatlardan ham u qadar xavf kutilgan emas. Negaki ular tomonidan (Isroil)ga qarshi kutilayotgan harakatlardan AQSh musulmonlarga qarshi (Isroil) sodir etayotgan qirg’inlarini oqlab olishda foydalanishi mumkin. Demak ular uchun xavf, faqat rasmiy islomiy armiyalar tomonidan kutiladi. Shuning uchun AQSh, Islom yurtlari harbiylarini ogohlantirish, qo’rqitish maqsadida yuqoridagi bayonotlarni matbuot hujumi sifatida tarqatmoqda.
Islom olami uyg’ona boshladi. Norozilik namoyishlari, internet tarmoqlarida borayotgan aktsiyalar, shularning barchasi Ummatni bo’layotgan jaroyonlarga shar’iy to’g’ri yondosha boshlaganidan darak beradi. Musulmonlar ustilarimizda kufr tomonidan olib borilayotgan barcha moddiy zulmlarga qarshi kurashish, davlatlarimizdagi rasmiy harbiy quvvatlarimiz zimmasidagi vojib ekanini anglab etdilar va butun dunyo bo’ylab shu chaqiriqni tarqata boshladilar. Kufr olami ham bu ishlardan daxshatga tusha boshladi.