Tunellar Asadning kapalagini uchirmoqda

0
449

Suriyaning Halab shahrida “Jabhatul Islom”ga qarashli guruhlar Asad kuchlariga qarshi kurashda Asad rejimini dahshatga soladigan uslublarni qo’llashmoqda. Mujohidlar Asadga tobe kuchlarga kutilmagan tarafdan zarba berish uchun ular qarorgoh qilib olgan binolar ostida tunellar qazib portlatib yuborishmoqda.

“Eski Halab mintaqasidagi er osti tunellari rejim uchun qo’rqinch tug’dirmoqda. Rejim kuchlari qarorgohlari atrofida 4-5 metr chuqurlikda chuqurlar kavlanadi, ammo tunellarning qaerda kavlangani va qaysi qarorgohning tagida kavlanganini ular bilisha olmaydi”, dedi “Jabhatul Islom” armiyasining Halabdagi matbuot vakili Solih Anadaniy.

Anadaniyning bildirishicha, tunel qazish va binolarni portlatish ishlaridan avval puxta rejalar tuziladi va shu o’ylangan rejalar orqali hujumlar amalga oshiriladi.

“Avvalambor mintaqada Asad kuchlari qarorgoh sifatida foydalanayotgan binolar aniqlanadi. U binolarda qancha kishi bor, ularning qanchasi yuqori lavozimli harbiylar va hokazo, bular o’rganib chiqiladi. Undan so’ngra portlatiladigan binoning masofasi aniqlanib, tunel qazish ishlari boshlanadi. Qazish ishlari bitgandan so’ng uning ichiga tonnalab portlovchi modda joylashtiriladi. Portlatish amalga oshirilishidan avval qurolli mujohidlar tarafidan “jahannam” nomli yasama qurollar orqali Asad kuchlariga hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’riladi. Tunel portlatilgandan so’ng mujohidlar birlashib Asad rejimiga tobe kuchlarga qarshi hujumni boshlashadi”, deydi Anadaniy.

Tunel qazish ishlari va joylari o’ta sir saqlanishini ta’kidlagan Anadaniy tunel qazuvchi kishilarning boshqa qurolli mujohidlar bilan aloqa o’rnatishlari ta’qiqlanganligi va tunel qazuvchilar maxsus erlarda saqlanishini urg’uladi.

Anadaniy tuzilgan rejadan rejim kuchlari xabar topib qolmasligi uchun tunel portlatilishidan biroz avval qurolli mujohidlarga xabar berilishini qayd etar ekan, bu taktika alohida rejalar bo’yicha keng suratda olib borilayotganligini bildirdi. “Halabda rejimning nazorati ostida bo’lgan mintaqalarda juda ko’p tunellar qazilib portlatishga tayyorlanmoqda”, deya qo’shimcha qildi u.

Izohlar yo'q