AQShning ikki yuzlamachiligi

0
411

 AQSh davlat kotibi Jon Kerri o’tgan haftada Yaqin Sharqqa safar qilib, o’t ochishni to’xtatish qarorini e’lon qilish zarurligini ta’kidlagan edi. U o’zining bu taklifi bilan butun dunyo ko’z o’ngida AQSh hukumatini tinchlik tarafdori qilib ko’rsatishga urindi. Biroq keyingi yuzaga kelgan hodisalar buning mutlaqo aksini ko’rsatmoqda.

 Isroil sal kam bir oydan buyon G’ozo sektorini qirg’in qilar ekan, bu muddat ichida Amerika qo’shma shtatlari Isroilga davomli ravishda harbiy anjomlar yuborib turganligi o’rtaga chiqdi.

 Ispaniyaning “EFE” axborot agentligi “Amerika bir tarafdan o’t ochishni to’xtatish qarorini e’lon qilishni talab qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tarafdan Isroilga etkazib berayotgan qurol yaroq miqdorini ko’paytira boshladi” nomli maqola chop qildi. Maqolada yozilishicha, oxirgi paytda G’azodagi BMTga qarashli maktabga otilgan va 19 kishining o’limiga sabab bo’lgan minometlar ham AQShdan keltirilgan va maktab vayron qilinishidan avval Isroil armiyasiga topshirilgan.

 “EFE” axborot agentligi 20 iyulda AQSh mudofaa vazirligi Isroildan shoshilinch ravishda aksariyati tank o’qidan iborat bir milliard dollarlik qo’shimcha qurol yaroq yordam taklifi olganligini ma’lum qildi. Agentlikka ko’ra, AQSh mudofaa vazirligi bu talabni darhol qondirib qurollarni Isroilga yuborgan.

 AQSh prezidenti Barak Obamaning ikkiyuzlamachiligini ham tanqid qilgan agentlik uning bir tarafdan “o’zaro kelishuv”ga chaqirib yaxshi ko’rinishga harakat qilayotganligini, ikkinchi tarafdan esa Isroilga yashirincha davomli ravishda qurol etkazib kelganligini olg’a surdi. Agentlik xususan Isroilning G’azoga qilayotgan hujumlari to’xtab qolmasligi uchun AQSh mudofaa vazirligi 220 million dollarlik yana qo’shimcha buyurtma olganligini va bu ham kongresning roziligi bilan Isroilga yuborilishini urg’uladi.

 Shuni aytib o’tish lozimki, AQSh hukumati G’azodagi BMTga oid maktabga otilgan minometlarni o’zi etkazib berganiga qaramay, maktabning hujumga tutilishini qoraladi. Oq saroy so’zchisi Josh Ernest matbuot brifingida bu haqida berilgan savolga “begunoh fuqarolar panoh topgan BMTning binolaridan birining bombalanishi umuman qabul qilib bo’lmaydigan va aslo oqlab bo’lmaydigan ishdir”, deb javob berdi.

Izohlar yo'q