Hamas so’zchisi Favzi Berhumning axborot agentliklariga aytishicha, oziq ovqatlar va dori darmonlar yuklangan o’nlagan avtoulovlar Misr mas’ullarining ruxsat bermaganligi sababli Rafah chegarasida to’xtab qolgan.
Isroil axborot agentligiga intervyu bergan Misr mas’ullaridan biri shu kunlarda Misr va G’azo sektorini bog’lab turgan o’n uchta tunnel Misr xavfsizlik xizmati tarafidan buzib tashlanganligini bildirdi. Xabarda aytilishicha, Misr hukumatining bunday qadam tashlashdan maqsadi Misr tarafidan G’azo sektoriga olib kirilayotgan yoqilg’i mahsulotlari va oziq ovqat mahsulotlarining yo’lini to’sishdir.
Isroilga qarashli “Yediot axronot” sayti Siyno mintaqasidan G’azo chegaralarigacha cho’zilgan tunnellar Misr davlati tarafidan buzib tashlanganligiga ishora qilib Misr davlatini “yaxshi qo’shni”, deya sifatladi.
“Yediot axronot” sayti buzib tashlangan 13 ta tunnellar haqida e’lon qilish bilan birga Misr hukumati tarafidan buzib tashlangan tunellarning soni 1636 taga etganligini qo’shimcha qildi.
Turkiston:
Olloxning la’nati bo’lsin! as-Sisi va u kabi kufrning ko’ppaklariga.