Musulmonlarga Qur’on va hadislar to’plamini sotib olish ta’qiqlanmoqda

0
837

Hukumat tomonidan qo’yilgan cheklovlarga qaramay muqaddas Ramazon oyida Bangladeshdagi islomiy adabiyotlar bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar Qur’on, hadislar to’plami va boshqa diniy ma’zmundagi kitob savdosi bilan faol shug’ullanib kelmoqdalar.

OnIslam.net nashri bilan bo’lib o’tgan suhbatda Bangladeshdagi tijoriy firmalardan birining direktori Zaxid ul-Islom Toriq, “Men yil davomida Qur’on, hadis va diniy kitoblar sotib olaman, ammo hozirgi hukumat islomiy adabiyotlarni tarqatishga cheklov qo’ymoqda”, – dedi.

Toriqning so’zlariga ko’ra, Bangladesh hukumati 2007 yildan beri islomiy adabiyotlarni sotish yoki sotib olishga cheklov qo’yib kelmoqda. Huquqni muxofaza qiluvchi organlar doimiy ravishda kitob magazinlarga reydlar o’tkazib, Qur’on va hadislar bilan savdo qiluvchi savdogarlarni “fundametalizm”da ayblab kelishadi.

Bu qiynchiliklar sabab bangladeshlik ko’plab musulmonlar Qur’on yoki payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o’qishdan mahrum bo’lmoqdalar.

“Agar biror kishi islomiy adabiyotlarni sotib oladigan bo’lsa, hukumat uni ekstremizm va terrorizmda ayblab ta’qib ostiga olyapti”, – dedi tadbirkor.

“Hukumat tomonidan qo’yilgan cheklov sababli so’ngi yillarda Qur’on tafsiri, hadis va boshqa islomiy adabiyotlarni nashri qilish va sotish 70 foizga tushib ketdi”, – deydi Bangladeshdagi Islom universiteti dotsenti Abdus-Sobir Matubbir.

Izohlar yo'q