Amerika yovuzlikning boshidir!

519
0

01-11Amerika yovuzlikning boshidir!

Amerika tashqi ishlar vazirligi vakilasi Jennifer Psaki asl kelib chiqishi falastinlik bir amerikalik bolaning o’tgan hafta Sharqiy Quddusdagi norozilik aktsiyalari chog’ida Isroil politsiyasi tarafidan qattiq kaltaklangani voqeasi bo’yicha darhol tekshiruv o’tkazilishini talab qildi. Psaki 15 yoshli Toriq Abu Xuzayrga nisbatan (u yangi qurilgan yahud aholi punktidagilar o’g’irlab ketib tiriklayin yondirib yuborgan yosh yigit Muhammad Abu Xuzayrning amakisining o’g’lidir) yuz bergan hodisaga bunday deb sharh berdi: «Biz uning politsiya tomonidan hibsda ushlab turilgan chog’da shafqatsiz kaltaklangani haqidagi hisobotlardan o’ta tashvishga tushyapmiz, biz har qanday haddan ortiq kuch qo’llashni qattiq qoralaymiz va tezlik bilan ochiq, ishonchli tekshiruv o’tkazilishini, bu hodisadan javobgarlarni so’roq qilishni talab qilamiz».

Amerika tashqi ishlar vazirligining bu bayonotini eshitgan kishi «Amerika inson haqida juda qayg’urar ekan» deb o’ylashi turgan gap. Biz agar Amerika demokratiyasining anavi haqiqiy basharasini bilmaganimizda edi bunday deb o’ylash turgan gap edi. Amerika o’zining bu demokratiyasini Suriyadagi Bashar Asad kabi yugurdaklari orqali musulmonlarga kuch bilan tiqishtirishga zo’r berib urinyapti. Bashar Asad o’zining jinoyatlari ro’yxatida otasi Hofizdan ham o’tib ketdi. Asadning bu jinoyatlari ro’yxatidan Rimni yondirib yuborgan Neron ham uyalib ketadi. U jinoyat qilishda otasidan ham o’tib ketdi. Chunki Hofiz o’ziga qarshi 1982 yilda ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirish chog’ida bir necha ming odamlarni o’ldirish hamda Hamadagi bir necha mahallalarni er yuzidan o’chirib yuborish bilan kifoyalangan bo’lsa, Bashar er-er va havo-er rusumidagi raketalardan tortib kimyoviy qurollargacha, portlovchi bochkalargacha bo’lgan jinoyat qurollaridan birontasini qoldirmay barchasini qo’lladi, bu qurollarni «Sem amaki» (Amerika)ning ko’z oldida qo’lladi. Amerika Suriyadagi «ichki urush»dan chiqish faqat siyosiy echim bilangina bo’ladi, deb hamon qattiq turibdi (Amerika Asad qurbonlari bo’lgan 150 mingdan ko’proq odamlarning to’kilgan qonlaridan hamda millionlab odamlarning sarson-sargardon bo’lganidan va masjidlarning vayron qilinganidan… ko’z yummoqda).

Demak Amerika tashqi ishlar vazirligining vazifasi amerikalik fuqarolar ishlari haqida qayg’urish va ularni ortiqcha kuch ishlatish qarshisida himoya qilishdir. Ammo yahud aholi punktidagilarning yosh yigit Muhammad Abu Xuzayrni tiriklayin yondirib yuborishgani bilan Amerikaning ishi yo’q. Aslida yahud davlati agar uni Amerika haddan ortiq zo’r berib qo’llab-quvvatlamaganida edi bir kun ham davom eta olmas edi… Yahudiylarning terrorchi xavfsizlik idorasi hozirgacha 700dan ko’proq falastinlikni qamoqqa tashlaganiga qaramay ular Amerika siyosiy qomusida inson hisoblanmaydi, shuning uchun ularning ishi borasida amerikalik siyosatchilar pinagini ham buzishmaydi. Amerikaning malayi Asad o’z xalqiga qarshi haddan ortiq kuch qo’llagan paytda esa inson huquqlari «Sem amaki» nazdida faqat amerikaliklargagina to’g’ri keladi! Shunga qaramay amerikalik mas’ullar «Amerika musulmonlar yurtlarida nur va hazorat porlashi uchun demokratiyani yoyishga qat’iy qaror qilgan» deb qayta-qayta bayonot berishdan aslo uyalishmaydi. Amerika qanchalik qimmatga tushmasin va o’zining yugurdaklari badanlar qaltirab ketadigan dahshatli jinoyatlarni qanchalik ko’p qilishmasin o’zining demokratiyasini yoyishga shunday ahd qilgan!! Shuni ham yodimizdan chiqarmasligimiz kerakki, amerikalik fuqaro agar amerikalik siyosatchilarning tinchini buzib tashvishga solayotgan musulmon bo’lsa u holda uni Amerika konstitutsiyasi bemalol yamlamay yutib yuboradi yoki uni axlatxonaga uloqtiradi, uni o’ldirish uchun «Dron» samolyotini yuboradi. Masalan Anvar Avlaqiy bilan (u amerikalik musulmon fuqaro edi) xuddi shunday bo’lgan. Balki uning 16 yoshli o’g’li ham alohida hujum chog’ida o’ldirildi. Bu esa Islomiy Ummatga qarata yo’llangan yana bir «noma»dir, bu noma «Sem amaki»ning «mehribonligi»ni, uning demokratik hazoratini yaqqol ko’rsatib turibdi. Musulmonlar bu hazoratni qabul qilishlari kerak, aks holda ularni ham qizil tanli hindular yoki qora tanli negrlar qismati kutadi. Allohga hamd bo’lsinki, Amerikaning qilmishlari uning Islom va musulmonlarga qarshi kek-adovatini fosh qilib turibdi.

«Ularga va’da qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» [Hud 81]

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.