Ukraina mulozimlari Qrimni tilga oldi

0
472

Ukraina mudofaa vaziri Valeriy Geletey Ukraina armiyasi Qrim yarim orolini qaytarib olib mamlakat yaxlitligini qayta tiklashini ma’lum qildi.

Ukraina poytaxti Kievda tashkil qilingan majlisda so’zga chiqqan vazir “Ukrainaning Sevastopolida g’alaba parati o’tkaziladi”, deya bildirdi.

Shuningdek, Ukraina tashqi ishlar vazirligi ham Rossiya Qrim yarim orolini o’z tarkibiga qo’shib olgandan so’ng Qrim tatarlarining ahvoli kundan kunga yomonlashib borayotganini bildirdi.

Ukraina tashqi ishlar vazirining o’rin bosari Danilo Lubkivskiy poytaxt Kievda tashkil qilingan matbuot anjumanida bergan bayonotida Moskva hukumatini ayirmachilikda ayblab, Ukraina Qrimda yuzaga kelayotgan hodisalarni qayg’u bilan kuzatib borayotganini bildirdi.

Rossiya Qrim yarim orolini o’ziga qo’shib olgandan so’ng Qrim tatarlarining deyarli har on tahqirlashga duch kelayotganini aytib o’tgan Lubkivskiy Qrimda Ukrainaga qarshi va musulmonlarga qarshi amaliyotlar kuchayib borayotganligini qayd etdi.

Lubkivskiy Qrim tatarlarining sovet ittifoqi davrida Stalin tarafidan O’rta Osiyoga surgun qilinganligining 70 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirlarga rus hukumati tarafidan cheklovlar qo’yilganligini tilga olar ekan, bunga o’xshash hodisalar rus hukumatining Qrim xalqiga nisbatan etnik kamsituvchi munosabatda bo’layotganiga dalil ekanligiga urg’u berdi. Vazir o’rin bosari butun dunyo bugungi kunda mustamlakachi Rossiya yuzaga keltirgan tahdidni tushinib etishi lozimligini ta’kidladi.

Rossiya hukumati Ukrainaga qarashli bo’lgan Qrim yarim orolini shu yilning 16 mart kuni o’tkazilgan va Qrim tatarlari baykot qilgan referendum natijasiga tayangan holda o’ziga qo’shib olgan edi.

Izohlar yo'q