Josuslarga mukofot belgilandi

499
0

10Pekinda chiqadigan “Xin Jin Baw” (yangi Pekin) gazetasining yozishicha, Xitoyda ayoq kiyim bo’yoqchisidan tortib ko’cha supiruvchilarigacha, ya’ni jamiyatning barcha tabaqalariga hukumatga yordamchi bo’lishi uchun “terroristlar haqida oldindan xabar berish” vazifasi yuklatildi. Gazetaga ko’ra, barcha Xitoy fuqarosi josuslik ishlariga safarbar qilingan.

Qo’l telefoni bilan politsiya mahkamasiga xabar qilib turgan kishiga har bir xabar uchun 2 yuan (30 tsent) mukofot beriladi. Agar bir oy ichida har kuni eng kamida uch marta xabar qilsa oyiga 200 yuan atrofida qo’shimcha daromad oladi.

Shuningdek gazeta Xitoy hukumati butun viloyatlar va shaharlar bo’ylab “terroristlar haqida oldindan xabar berish” kompaniyasini katta masshtabda davom ettirishi haqida ham yozdi. Yaxshi ishlagan josuslarga beriladigan mukofot miqdori ham ko’paytiriladi.

Xitoy hukumatining bunchalik ko’p josuslarga ehtiyoj sezishining sababi shuki, shu kunlarda o’quv yurti talabalari va davlat ishida ishlaydigan shaxslarga ro’za tutish ta’qiqlangan. Kim davlat ishxonasida va o’quv maskanlarida ro’za tutsa yoki namoz o’qisa yoxud muslima ayollar ko’chalarda xijob bilan yursa “terrorist” hisoblanadi va bu haqida josuslar davlat politsiyasiga xabar qilib belgilangan mukofotga ega bo’lishlari mumkin.

Dunyo uyg’urlar kongresi rahbarining yordamchisi Said Tumturk Xitoy hukumati 65 yildan buyon uyg’ur musulmonlarga zulm qilib kelayotganini aytadi.

 “Sharqiy Turkiston mintaqasida musulmonlar eng og’ir vaziyatlarni boshidan kechiryaptilar. Bu mintaqa turk dunyosining birinchilardan bo’lib Islom bilan tanishgan mintaqalaridandir. Sharqiy Turkiston 1949 yilda Xitoy xukumatining bosqiniga uchradi va 65 yildirki, muntazam amaliy assimilyatsiyaga qarshi kurashib keladi. Bugun u erda ro’za tutish, namoz o’qish ta’qiqlangan. Ammo bu ta’qiqlar va qattiq nazoratga olishlarga qaramay va namoz o’qib, ro’za tutganlarga og’ir jazolar belgilanganiga qaramay, Sharqiy Turkistondagi musulmon xalqlar maxfiy shaklda o’z ibodatlarini va Allohga bo’lgan qulliklarini yuksak darajada davom ettirishmoqda”, deydi Said Tumturk.

 Tumturk shu paytgacha Xitoy hukumatining jinoyatlariga tomoshabin bo’lib turgan BMT va Islomiy hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar Xitoy hukumatining bu ishlariga qarshi turishlari lozimligini bildirdi.

“BMT rahbarligida Yevropa ittifoqi, Islomiy hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar Turkistondagi qatliomlarga va inson huquqlarining buzilishlariga e’tibor qaratishlari lozim. Biz ulardan Xitoy xukumatiga “bas qil” deyishlarini talab qilamiz”, dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.