Prezident Putin muloqot chog’ida ta’kidlashicha, Ukrainada kuch ishlatishni va jangovor harakatlarni to’xtatib, taraflar o’rtasida ochiq muzokaralarni boshlash zarur. Putinga ko’ra, taraflar o’rtasida muzokaralarni boshlash Ukrainaning janubiy sharqidagi mintaqalarda vaziyatni tinchlantirish uchun birinchi darajadagi ishdir.
Shuningdek, Putin insoniy muammolarni darhol hal qilish muhim ekanligiga, jumladan to’qnashuvda zarar ko’rgan tinch fuqarolarga zudlik bilan yordam ko’rsatish zarur ekanligiga ishora qildi.
Vladrimir Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan boshqa masalalar haqida ham fikr almashar ekan, terrorchi (Islomiy) guruhlarning faoliyatidan o’ta xavotirda ekanligini bildirdi. Rossiya prezidenti mamlakatda “tinchlik” va “xavfsizlik”ni ta’minlash uchun terrorchi (islomiy) guruhlarga qarshi kurashda bor kuchini sarf qilayotgan Iroq hukumatini qo’llab quvvatlashini qayd etdi.
Eronning yadroviy dasturi ustida ham munozara olib borgan ikki rahbar kimyoviy qurollar zaxirasini yo’q qilish kabi Suriyadagi vaziyatga ham to’xtalishdi.