AQSh davlat kotibi Misr tashqi ishlar vaziri Somih Shukriy bilan o’tkazgan mushtarak matbuot anjumanida ta’kidlashicha, Amerika idorasi Misr davlatiga beradigan yordamlarini to’lig’icha etkazib beradi.
1979 yil Misr va Isroil o’rtasida bitim tuzilgan kundan buyon AQShdan har yili harbiy yordam olib turadigan Misr hukumati harbiy to’ntarishdan so’ng bu yordamdan mahrum bo’lgan edi. Kerrining Misr rejimiga xush xabar berishicha, muzlatib qo’yilgan 1,3 milliard dollardan 575 millioni oxirgi 10 kun ichida Misrga etkaziladi. Qolgani esa Misr hukumati demokratiyani tatbiq qilayotganiga Obama idorasi qoniqish hosil qilgandan so’ng kongresning roziligi bilan beriladi.
Shuningdek, Jon Kerri Qohiradan turib arab davlatlariga ham nido yo’lladi. U G’arbga tobe barcha arab davlatlaridan Suriyadagi muxolif kuchlarga yordam bermaslikni, hatto mo”tadil (demokratiya tarafdori bo’lgan) muxolifatga ham yordam bermaslikni talab qildi. Kerrining ta’kidlashicha, bu yordamlar “ekstrimistik” yo’llarda (ya’ni kufr tuzumini qulatib, uning o’rniga Islomiy shariatni tiklashda) ishlatilishi xavfi bor. Kerri bu talabini as-Sisiga ham qo’yganini, shuningdek bir nechta Arab davlatlarining rahbarlari bilan uchrashganda ularga ham shaxsan etkazishini bildirdi.