Parubiy mintaqada ayirmachi kuchlar tarafidan boshqarilayotgan mahalliy aholidan iborat ko’ngilli guruhlar ham borligini qayd etdi. Paburiyning bildirishicha, ular ko’pincha tinch aholidan qalqon sifatida foydalanmoqda.
Ukraina chegarasida Rossiyaga qarashli harbiy vujud hamon mavjudligini bildirgan Parubiy hozirda chegarada 41500 rus askarlari joylashtirilganligi va bu askarlardan 16 mingtasi Rossiya armiyasiga mansub ekanligini ma’lum qildi.
Boshqa bir tarafdan NATO bosh kotibi Andres Fog Rassmussen Ispaniyaning “Elpais” ro’znomasi bilan o’tkazgan suhbatda mudofaa tizimini isloh qilish va qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish uchun NATO Ukrainaga yordam berishligini ma’lum qildi. Beriladigan yordam qanday shaklda bo’lishi haqida berilgan savolga Rasmussen “So’z amaliy hamkorlik haqida ketyapti. Masalan, bu Ukrainaga NATO harbiy mashg’ulotlariga ishtirok etish imkonini beradi”, deb javob berdi. NATO bosh kotibining bildirishicha, NATOga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari joriy oyning oxirida belgilangan yig’ilishida bu mavzuni bahs qilishadi.
Yevropada harbiy vujudini kuchaytirish uchun NATO tarafidan qabul qilingan qarorlar haqida gapirgan Rasmussen Rossiyaning NATOga nisbatan tutgan pozitsiyasini baholar ekan “hozirda Rossiya bizga o’z dushmani sifatida qaramoqda”, deya urg’uladi.