Karimov O’zbekistonda hokimiyatni egallaganidan beri 25 yil o’tdi. Ana shu vaqtdan beri mamlakat deyarli hech bir yutuqqa erishmadi! Aksincha bu rejim yurtni va odamlarni xonavayron qildi. Bu tog’ut davrida yurt tubanlikka sho’ng’idi va ortga ketdi. Chunki tog’ut Karimov qasddan odamlarni moddiy va fikriy jihatdan qashshoq qilish yo’lini tutdi… Tabiiy manbalarga boy bu yurt hokimiyatni egallab olgan bir to’da jinoyatchilar tomonidan talon-taroj qilindi. Bu jinoyatchilar davlat apparatining barcha strukturalari ustidan hukmron bo’lib olgan. Kichik mansabdagi mas’ul bo’ladimi, katta mansabdagisimi hammasi mana shu jinoyatchilar to’dasi bilan bog’langan. Shuning uchun ham biz O’zbekistondagi oddiy odamlarning kundan-kunga yanada qashshoqlashib borayotganini ko’rib turibmiz, ana shu to’dadagilar esa yanada boyishmoqda! Bu bir tomondan shunday, boshqa tomondan esa rejim odamlarning fikrlarini ham buzishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Shu maqsadda ta’lim nizomini buzdi, lotincha harflarni kiritdi, ta’lim programmalarida Islomdan nomigina qoldi, xolos! Bu rejim o’zining fikriy zaharlarini televidenie, radio, gazetalar… orqali sochdi.
Bu rejimning faxrlanib maqtana oladigan birdan-bir «yutug’i» musulmonlarni qatl, terror qilish, musulmon erkaklarni ham muslima ayollarni ham qamoqlarga tashlab qiynoqlarga solishdir. Masalan o’zbek inson huquqi tashkilotlari bergan ma’lumotlarga ko’ra Bahodir Ahmedov ichki ishlar boshqarmasining «terrorizmga qarshi kurash» bo’limi xodimlari tomonidan qamoqqa olinib, 15 kungacha unga hech qanday ayblov qo’yilmay qamoq kamerasida yakka holda hibsda ushlab turilgan. Uning qaerdaligini yaqinlari ham, advokat va guvohlar ham bilishmagan. Ana shundan keyin uni Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasiga o’tkazilib ikki hafta davomida undan o’zlari istagan e’tiroflarni olish uchun vahshiyona qiynoqlarga solishgan. Oltmish yoshli Marhamat Mirzaeva ham unga hech qanday ayblov qo’yilmay va advokat ishtirokisiz (oddiy qilib aytganda advokatga uning ishi bo’yicha aralashishiga yoki uni yolg’iz bir o’zini ziyorat qilishiga ruxsat berilmagan) Tuzel poselkasi ichki ishlar boshqarmasi erto’lasida 54 kun noqonuniy ravishda hibsda ushlab turilgan.
Marhamat Mirzaeva va Chinoz shahrilik boshqa sakkiz ayol noqonuniy ravishda qamoqqa olinib, ularni qamoqqa olish to’g’risidagi orderlarni olish uchun jinoyat ishlari bo’yicha Oqqo’rg’on sudiga olib kelishgan, o’sha erda sud – hibsga olinganlarning ishtirokisiz – 15 kun hibsda ushlab turish to’g’risida order bergan. Ana shundan keyin ayollarni Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi erto’lasiga olib kelishib kerakli ko’rsatmalarni berishga hamda hibsga olingan yaqinlariga – bu yaqinlari xavfsizlik kuchlari talablariga bo’ysunishlari uchun – bosim o’tkazishga majburlashgan, shu maqsadda ularni eng jirkanch turdagi qiynoqlarga solishgan. Ayollar tergovchi Nodir Saidov boshchiligida 25 yoshdan oshmagan to’rt militsiya xodimi tomonidan qiynoqqa solingan, ularni uyatsiz so’zlar bilan haqoratlashgan, sochlaridan tortib erda sudrashgan, boshlarini devorga, oynalarga urishgan, dubinkalar bilan kaltaklashgan. Ayollar 30 kundan 40 kungacha ichki ishlar boshqarmasida qolib ketishdi. Sud qilish rasmiyatchiliklari 2014 yil 26 martda boshlangan bo’lib, Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi Anarbaev ayblovlar ro’yxatini o’qib eshittirib sud zalining o’zidan chiqib ketdi. Ana shundan keyin sudning to’rt majlisi o’tkazildi, lekin davlat prokurori qatnashmadi, balki faqat hukmlar muhokamasi kuni prokuraturaning boshqa bir xodimi Hojiakbar Ubaydullaev paydo bo’lib, suddan hibsga olinganlarning har biriga 14 yil qamoq jazosi hukmi berilishini talab qildi.
Ey O’zbekistondagi musulmonlar:
Sizlar iqtisodiy va fikriy jihatdan o’ta yomon ahvolni, notinchlik va xavotirlikni boshingizdan kechirmoqdasiz. Hukumat qasddan qamoqqa tashlab qiynoqqa solmoqda. Bu zulm va zo’ravonliklarga faqat Islom va payg’ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati bilangina barham beriladi. Shuning uchun biz sizlarni insha Alloh yaqinda yo’q bo’lib ketuvchi bu jinoyatchi rejimni qulatish uchun va roshid Xalifalikni e’lon qilish uchun Hizb ut-Tahrirdagi biz bilan birgalikda jiddiy ish olib borishga chaqiramiz. Xalifalik tinchlik-omonlikni qayta o’rnatadi va butun dunyo bo’ylab adolatni yoyadi. Bu esa Allohga aslo qiyin emas…
Nabiy A dedilar:
«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom bamisoli ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan bir qalqondir».
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi