Isroil askarlari kecha tunda musulmonlarning uylariga bostirib kirib, bir qancha musulmonlarni qamoqqa oldi. Amalga oshirgan bosqinchilik amaliyotida G’arbiy qirg’oqning turli mintaqalaridan “Qidiruvdagi 17 falastinlik” qamoqqa olingan. Bu haqida Isroil armiyasiga qarashli radio xabar tarqatdi. Xabarga ko’ra, Nablusda 8 kishi, Halilda 5 kishi, Ramallohda 3 kishi, Baytullahmda 1 kishi qamoqqa olingan.
Falastin hukumatiga qarashli Asirlar vazirligi tarqatgan bayonotga ko’ra, Isroil qamoq xonalarida 5200 falastinlik mahbus mavjud. “Ahror Asir tadqiqotlari” va Inson huquqlari markazi tarafidan tarqatilgan may oyi hisobotida bildirilishicha, G’arbiy qirg’oq, Quddus va G’azoda Isroil askarlari tarafidan qamoqqa olingan falastinlik musulmonlarning soni 370ga etgan.
Hisobotga ko’ra, Isroil askarlari birgina may oyining o’zida Quddusdan 118 kishi, Halildan 86 kishi, Nablusdan 40 kishi, Baytullahmdan 30 kishi, Rammallohdan 27 kishi, Janindan 27 kishi, Qalqiliyadan 16 kishi, Salfietdan 8 kishi, Tulkarmdan 4 kishi, jami bo’lib 370 falastinlik musulmonlarni qamoqqa olgan.
Bir necha kun avval Hizbut-Tahrir – Falastin viloyati katta yig’in o’tkazgan edi. Yig’inga ishtirok etganlar butun Islom Ummatiga va uning armiyasiga nido qilib, Xalifalikni tiklash va muborak zaminni ozod qilishga chaqirgan edi. Yuqorida aytib o’tilgan yahudiylarning o’zboshimchaliklari Hizbut-Tahrirning chaqirig’i naqadar muhim ekanligini ko’rsatib turipti.