Qirg’izistondagi masjid imomi joniga suiqasd qilishga uringan o’zbek maxsus xizmati xodimining shaxsi aniqlandi

0
531

Qirg’izistondagi masjid imomi joniga suiqasd qilishga uringan o’zbek maxsus xizmati xodimining shaxsi aniqlandi

«24.kg» axborot agentligi 2014 yil 17 may shanba kuni qirg’iz xavfsizlik kuchlaridan olingan xabarni tarqatdi. Unda quyidagilar kelgan: «Qirg’iziston janubida qo’lga olingan kishining o’zbek maxsus xizmatidan ekanligi aniqlandi». Hisobotda quyidagilar keldi: «2014 yil 27 aprel kech soat o’n ikkiga yaqin militsiya kuchlari bir mast kishini qo’lga olishgan, u O’sh mintaqasining Qorasuv shahridagi qahvaxonalarning biri yaqinida muammo chiqargan. Uni qo’lga olish chog’ida u qattiq qarshilik ko’rsatgan, militsiya xodimlariga pichoq o’qtalib tahdid qilgan, qochishga uringan, lekin uni ushlab olingan. Tintuv chog’ida uning yonidan Makarov rusumidagi to’pponcha va o’q-dorilar topilgan, u shuningdek o’zi yashirib qo’ygan yana bir to’pponchani ham topshirgan».

Yuqorida aytilganidek, qirg’iz maxsus xizmati uni ana shundan keyin qamoqqa olgan. Chunki bir xavfsizlik mas’ulining o’zi aytganidek uning o’zbek maxsus xizmati xodimi ekanligi aniqlangan. Uning aytishicha u mahalliy masjidlardan birining imomi Rashod Kamolovni o’ldirishga tayyorlangan ekan. Ba’zilarning aytishicha, Rashod Kamolov taqiqlangan tashkilot Hizb ut-Tahrirning mahalliy etakchisi emish.

 Qamoqqa olingan o’sha kimsaning shaxsiyati tekshirildi. U 37 yoshda bo’lib, Toshkent mintaqasida yashaydi, omon deb ataluvchi o’zbek ichki xavfsizlik kuchlari xodimi bo’lgan. Vazirlikning ta’kidlashiga qaraganda esa uning maxsus kuchlar xodimi bo’lganini isbotlaydigan hech qanday hujjatlar yo’q.

Uni noqonuniy qurol olib yurish, chegaradan noqonuniy o’tish va qotillik qilishga urinish ayblovi bilan qamoqqa olindi».

 Biz oldinroq bir bayonot chiqarib Qorasuv shahrida o’zbek maxsus xizmatining bir odami qo’lga olinganini, u Qirg’izistonda bemalol izg’ib yurgan minglab o’zbek maxsus xizmati odamlaridan biri ekanini bildirgan edik. Biz qirg’iz xavfsizlik kuchlarida to ana shu kimsa o’zini fosh qilmaguncha va qarshilik ko’rsatish sahnasini uyushtirmaguncha uni qamoqqa olish niyati bo’lmaganini ham bayon qilgan edik. U qo’lga olinish chog’ida qarshilik ko’rsatish sahnasini uyushtirdi, lekin uni osonlik bilan qo’lga olindi. Bundan oldin esa u Qorasuv shahrida bemalol, hech bir to’sqinlikka uchramay izg’ib yurgan.

 O’zbek maxsus xizmati odamlari Qirg’iziston erlarida bemalol quturib yurishi va qirg’iz xavfsizlik kuchlarini hech bir hisobga olmay odamlarni ochiqdan-ochiq terror qilishi, bularning barchasi bir haqiqatni ochiq ko’rsatib turibdi. U haqiqat shuki, O’zbekiston hukumati o’zining qo’shnisi Qirg’izistonga bir suveren davlat sifatida qaramaydi, aksincha unga o’ziga tobe bo’lgan va o’z hukmronligi ostidagi bir mintaqa sifatida qaraydi. Biz ba’zi paytlarda Tojikiston tomonidan ikki mamlakat o’rtasidagi chegaralarda qirg’iz xalqiga qarshi millatchilik tuyg’ulari asosidagi tahdid va qo’rqitish amaliyotlariga ham guvoh bo’lmoqdamiz. Bu amaliyotlarning barchasi mintaqa davlatlarining yoki Amerikaning yoki Rossiyaning manfaatiga xizmat qiladi, xolos.

Ana shu tahdid va qo’rqitish amaliyotlari shu mintaqaga hukmron davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi natijada hatto O’zbekistonning o’ziga ham tahdid tug’dirishi mumkin.

 Qirg’iz hukumati va xavfsizlik kuchlari o’z erlarini va o’z fuqarolarini himoya qilish o’rniga fursatdan foydalanib musulmonlarning Rashod qori Kamolov kabi haq Islomga da’vat qilayotgan etakchilaridan xalos bo’lishga urinishga shoshilishdi. Ular o’z hisobotlarida e’lon qilishganiga ko’ra ular Rashod qori Kamolovni siyosiy hizb Hizb ut-Tahrirning bir a’zosi deb bilishadi. Ular musulmonlarning haqqa chaqirayotgan etakchilaridan xalos bo’lishga shoshilishdi. Bu esa qirg’iz hukumati qilayotgan yana bir jinoyatdir. Bundan oldin bu hukumat Rashod qorining avvalroq shahid bo’lgan otasi Rafiq Kamolovning qotillarini xam qamoqqa olishdan ojizlik qilgan edi.

Hizb ut-Tahrir Qirg’izistonda o’z faoliyatini davom ettiraveradi va Qorasuv shahridagi Saraxsiy masjidi imomi, birodarimiz Rashod qori Kamolovning Hizb ut-Tahrir a’zosi emasligini e’lon qiladi. Balki u – oddiy qilib aytganda – musulmonlarga Islomiy aqida asosida hayot kechirishning to’g’ri yo’lini bayon qilib ko’rsatib berayotgan muxlis imomlardan biridir, xolos. Shuning uchun demak qirg’iz xavfsizlik kuchlari bu birodarimizga qarshi mana shunday bo’htonlarni qilish o’rniga bu birodarga aziyat etkazishga urinayotgan yovuzlik kuchlaridan uni himoya qilish uchun zarur choralarni ko’rish haqida bosh qotirsa yaxshiroq bo’lardi.

 Qirg’iz hukumati musulmonlarga qarshi, ayniqsa Xalifalikni qayta tiklashga va Islom mabdasini voqe hayotda tatbiq etishga harakat qilayotgan musulmonlarga qarshi kurashadigan bo’lib qoldi. Bu hukumat jirkanch millatchilik tuyg’ularini qo’zg’ayotgan o’zbek maxsus xizmati foydasiga ish qilayotgan ana shu kimsalar bilan birgalikda va kofir G’arb malaylaridan iborat fasod demokratiyani targ’ib qilayotgan bashariyat dushmanlari bilan birgalikda musulmonlarga qarshi kurashadigan bo’lib qoldi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Qirg’iziston a’zolari odamlar ommasi orasidagi, hukumatdagi va mamlakatdagi muxlis, nufuzli kishilarni biz bilan birgalikda roshid Xalifalik davlatini qurish uchun harakat qilishga yana bir bor chaqiramiz. Azizlik va qudrat mana shu Xalifalik davlatida bo’ladi. Xalifalik butun bashariyatni zolim kapitalizm hukmronligidan ozod qiladi. Xalifalik soyasi ostida musulmonlarning yurtlari birlashadi va butun olam bo’ylab Islom adolati tarqaladi. Natijada er o’z boyliklaridan hech birini qoldirmay barchasini yuzaga chiqaradi. Bularning barchasi ustiga Alloh Azza va Jallaning roziligi ham bo’ladi. Bu esa eng buyuk zafardir.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi Rasmiy sayt: http://hizb-turkiston.net Elektrot pochta: webmaster@hizb-turkiston.net

 

Izohlar yo'q