Medvedov: Asta-sekin sovuq urushga qarab ketyapmiz

0
504

 Rossiya bosh vaziri Dimitriy Medvedov Ukraina inqirozi ustida so’z yuritar ekan, Rossiyaga nisbatan AQSh tarafidan joriy qilingan sanktsiyani sovuq urushning yangidan boshlanishi deya tasvirladi.

 Itar-Taas axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, bosh vazir Medvedov AQShning bu harakati hech kimga foyda keltirmasligini ta’kidlab o’tdi.

 “Aslida biz sekin-sekin sovuq urushga qarab ketyapmiz. Aniqki, bu hech kimga foyda keltirmaydi. Siyosatning siri etarli darajada sabrli va e’tiborli bo’lishda va ongli ravishda qaror qabul qilishdadir. O’ylashimcha, Obama buni uzoq vaqtda amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi. Ammo hozirda bo’layotgan ishlar AQShning bu kabi qarorlardan bundan ortig’ini qabul qila olmaganligini ko’rsatmoqda”, dedi Medvedov.

 “Obama bilan shu vaqtgacha erishgan natijalarimiz puchga chiqdi. Bu esa meni qayg’uga solmoqda. Bu ishlar hech bir shaklda natija bermaydi. Obamaning o’rniga boshqa prezident keladi va hamma sanktsiyani unutadi. Hech kim bundan foyda topmaydi”, deya qo’shimcha qildi bosh vazir.

 Shuningdek Bosh vazir o’z bayonotida yana shunday dedi: “Biz sanktsiya tarafdori emasmiz. Biz bu sanktsiyalarga jiddiy shaklda javob ham bermaymiz. Biz sanktsiya joriy qilgan o’lkaga xunuk suratda javob qaytarishimiz mumkin edi. Ammo bunday qilmadik. Sanktsiyalar xalqaro iqtisodiy aloqalarga zarar etkazadi. Sanktsiyalar faqatgina siyosatchilarning o’z qarorlaridan xotirjam bo’lganliklarini isbotlash va barchaga kuchlarini ko’rsatib qo’yish uchundir.

 Sanktsiya Rossiya iqtisodiga jiddiy ta’sir qimaganligini qayd etgan Medvedov “Rossiya iqtisodi – nima bo’lganda ham – qulamaydi. Biz hech bir davlatga bunday fursat tug’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Har qanday vaziyatda biz xalqimizga nisbatan o’z mas’uliyatimizni o’z o’rniga qo’yamiz. Rossiya buyuk bir davlat, vaziyatni nazorat qila oladi”, deya ta’kidladi.

Izohlar yo'q