AQSh mezbonligida Germaniyaning Marshall fondi tarafidan tashkil qilingan yig’ilishda asosan Eron yadroviy dasturining mintaqaga ta’siri va O’rta Sharq bitimining kelajagi haqidagi mavzular ko’rib chiqilishi ko’zda tutilgan.
26 may kuni AQShda o’tkazilishi rejalashtirilgan yig’ilishda Saudiya razvedkasining sobiq rahbari shaxzoda Turki bin Faysal as-Saudiy va Isroil razvedkasining sobiq rahbari general Amos Yadlin so’zga chiqadi va Saudiya – Isroil xavfsizligi muhokama qilinadi. Yig’ilishni esa Voshington Post gazetasining muxbiri Devid Ignatius olib boradi.