Lavrov “Blumberg TV” televizion kanaliga bergan intervyusida “Ukrainani NATOga tortish butun Yevropa xavfsizlik tizimiga salbiy ta’sir qiladi”, dedi. Vazir bu mas’ala faqat Ukraina va NATOga emas, balki Rossiyaga ham ta’sir qilishiga ishora qildi.
“Ukraina fuqaroviy urush borasida shunday chegaraga kelib qoldiki, avval bunaqasiga guvoh bo’lmagan. Ukrainadagi barcha mintaqalarning manfaatini e’tiborga olgan holda inqirozni hal qilish haqida izlanish lozim”, dedi u.
Lavrov Ukrainada modomiyki, kuch ishlatish davom etar ekan 25 may kunida o’tkazilishi belgilangan Ukraina prezidentligi uchun saylovlar qonuniy bo’lishi mumkin emasligini qo’shimcha qildi. U Ukraina sharqida kechayotgan hodisalarni haqiqiy urush deb sifatlar ekan, minamiyotlar otilishi davom etib turgan paytda muzokara stoliga o’tirish mumkin emasligiga ishora qildi.
Shuningdek, Ukraina hukumati tarafidan mamlakat janubiy sharqida namoyishchilarga qarshi BMT belgisiga ega vertalyot ishga solinganligini tilga olgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Kiev hukumati bu hodisa yuzasidan izoh berishi lozimligini ta’kidladi.
“Moskvaning nazarida Ukrainada G’arblik, xususan AQShdan kelgan yollanma qotillar mavjudligi haqida yangi shubhalar tug’ilmoqda”, dedi Lavrov.
Lavrovning zikr qilishicha, Voshington Ukrainada AQSh xavfsizlik tashkilotiga oid maxsus yollanma qotillar mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni rad qilgan bo’lsa ham lekin bu xususda xabarlarning izma-iz yuzaga kelishi Rossiyani bu habarning to’g’riligiga ahamiyat qaratadigan qilib qo’ymoqda.