“Integratsiya jarayoni avvalroq boshlangan, jumladan, 2007 yilning 6 oktyabrida ittifoqni tuzish bo’yicha qaror qabul qilinib, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab Bojxona ittifoqining barcha qonuniy bazasi ishlay boshlagan. Qozog’iston ittifoqqa 2011 yilning 1 iyulida qo’shilgan. Qirg’iziston 2011 yilda ariza berib, o’sha yilning oktyabr oyida ijobiy javob olgan. Ariza qabul qilingach, komissiya tuzish taklif etilgan, shuningdek yo’l haritasini tuzish bo’yicha ishlar boshlangan. Ishchi guruhning 9 ta majlisi bo’lib o’tgan bo’lib, unda barcha masalalar qarab chiqilgan. 6 aprelda idoralararo komissiya yig’ilishi bo’lib o’tib, loyiha protokol asosida ma’qullangan” , – deydi u.
Uning qo’shimcha qilishicha, Hukumat tso’l haritasi chora-tadbirlarini moliyalashtirish mexanizmlarini hamda Qirg’iziston iqtisodiyotining Bojxona ittifoqi shartlarida ishlash yuzasidan ko’nikmalar hosil qilishi ustidan ish olib borishda davom etadi.
12- mayda bo’lib o’tgan hukumatning navbatdagi majlisida Qirg’izistonning Bojxona ittifoqiga kirishi hamda integratsiyaga qo’shilishi haqidagi Qirg’iziston arizasining loyihasi yopiq eshik ortida qarab chiqilgan.