As-Sisi: Isroil bilan tuzilgan bitimga sodiq qolamiz

0
420

 Misr prezidentligiga nomzod feld Marshal Abdul Fattoh As-Sisi Isroil rejimi bilan avvalda imzolangan bitimga sodiq qolishiga doir bergan bayonoti Isroil tarafidan mamnuniyat bilan qarshilandi.

 As-Sisi televizion dasturlar orqali chiqish qilib, Misr-Isroil aloqalari haqida bahs yuritdi. Avvaldan tuzilgan bitimlarga sodiq qolilishini urg’ulagan As-Sisi Misr tuproqlarida yahud rejimiga qarshi biror bir faoliyatga ruxsat bermasligini ta’kidladi.

 As-Sisining bayonotlarini yuksak baholagan Yahud rejimiga oid manbalarga ko’ra, Isroil hukumati agar As-Sisi Misrning prezidenti etib saylansa, harbiy doira chegarasini kengaytirib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yasashini kutmoqda.

 Isroil rejimi bilan aloqalarini mustahkamlagan As-Sisi shu vaqtgacha musulmonlarning aloqa liniyasi bo’lgan tunellarni yopip tashlashga buyruq berish bilan ham yahud rejimini olqishiga sazovar bo’lib keldi. Bu bilan u shundoq ham og’ir hayot kechirayotgan G’azoning qamalini yanada og’irlashtirdi.

 Yahud gazetasi “Haaretz” bir xabar tarqatib, general As-Sisi harbiy davlat to’ntarishidan keyin Misr xukumatining Isroil rejimi bilan o’zaro aloqalarini mustahkamlash uchun yaxshi zamin yaratganini ta’kidlagan edi.

Izohlar yo'q