Qirg‘iziston va Qozog‘iston Bosh vazirlari uchrashdi

0
522

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining xabar qilishiga ko‘ra, Bosh vazir Jo‘mart O‘tarboyev 3 may kuni ishchi tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Jo‘mart O‘tarboyev Ostona shahrida Qozog‘iston Bosh vaziri Karim Masimov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Jo‘mart O‘tarboyev, Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro hamkorlik faollashib borayotgani, iqtisodiy va barcha sohalardagi aloqalar keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanayotganini, aytib o‘tdi.

O‘z navbatida Qozog‘iston Bosh vaziri Karim Masimov, Yevroosiyo iqtisodiy hududiga birlashish jarayonida ikkala davlat iqtisodini rivojlantirishda ko‘mak beruvchi xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida yirik regional loyihalar doirasida o‘zaro hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirish zarurligini belgilab o‘tdi.

Shu bilan birga hukumat rahbarlari, energetika, trasport, ishlab chiqarish hamda chegara masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.

Ikki davlat Bosh vazirlari, Qirg‘izistonni Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hududga a’zo bo‘lish masalasini muxokama qilishdi.

Mazkur tashrif mobaynida Qirg‘iziston Bosh vaziri Jo‘mart O‘tarboyev Osiyo taraqqiyot banki (OTB) boshqaruv kengashining 47- yillik yig‘ilishida ishtirok etadi.

Bundan tashqari hukumat rahbari OTB, Johon banki, JICA va Xitoy taraqqiyot banki rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Izohlar yo'q