Ryabkov: Moskvaning sanksiyaga javobi alamli bo‘ladi

435
0

0,

Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rin bosari Sergey Ryabkov kecha bergan bayonotida AQShning Rossiyaga nisbatan qo‘llagan yangi sanksiyasi javobsiz qolmasligini e’lon qildi.

Ryabkov Oq uyning Rossiyaga qarshi e’lon qilgan sanksiyasi haqida bahs yuritar ekan, “Albatta javob qaytaramiz. Biz bunga javob qaytarish uchun yetarli darajada imkoniyatga ega ekanligimizni hech qachon yashirmaganmiz”, dedi.

Ryabkov Rossiyaning sanksiga nisbatan javobi Qo‘shma shtatlar uchun alamli bo‘lishini ham ta’kidladi.

“Biz ishonamizki, bu javob Voshington uchun alamli bo‘ladi. Rossiya bilan hech kim sanksiya tili bilan gaplashishga haqqi yo‘q. Bizga nimani-dir o‘rgatishga urinish va embargo joriy qilish – bu ishni qilmoqchi bo‘lganlarning o‘ziga qaytadi”, dedi Ryabkov.

“Berilgan qarorni oqlash uchun Oq uy so‘zchisining gaplari Qo‘shma shtatlar voqeni umuman his qila olmay qolganligiga dalolat qiladi. AQSh inqirozni yanada kuchaytirishga harakat qilmoqda”, “Voshington Ukrainada qadam tashlashga ham qodir bo‘lmagan kuchlarni shijoatlantiryapti, balki ularni yangi to‘qnashuvlarni keltirib chiqarish sari yetaklamoqda”, deya qo‘shimcha qildi Ryabkov.

Shanba kuni G7 – “Katta yettilik” guruhiga a’zo mamlakatlar AQSh boshchiligida Rossiyaga qarshi yangi sanksiya qo‘llash bo‘yicha kelishgan edi.

“Rossiya Jeneva kelishuvi doirasida Ukrainada keskinlikni yumshatish yo‘lida hech qaday harakatlarni amalga oshirmadi”, deyiladi G7 bayonotida.

Oq Uy matbuot kotibi Jey Karnining aytishicha, Rossiya 17 apreldan buyon Ukrainadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan Jeneva bitimini bajarish bo‘yicha hech ish qilmagan, aksincha, ziddiyatning yanada yoyilishiga hissa qo‘shgan.
Moskvaning Ukraina siyosatiga qarshi yangi jazo choralari Prezident Putinga yaqin 7 nafar mulozim va 17 shirkatni nishonga oladi. Oq Uy e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, ularning bank hisoblari muzlatiladi va AQShga safar qilishlari taqiqlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.