Qirg‘izistonda, O‘zbekiston maxsus xizmati tomonidan jo‘natilgan ayg‘oqchi deb gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

505
0

0

Turkiston raxbariyatidan

27.04.2014 sanada ozodlik radiosi tarqatgan xabarga ko‘ra, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Qorasuv shaxrida O‘zbekiston maxsus xizmati xodimi deb gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan. Xibsga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatgani va bir necha militsiya xodimlariga tana jaroxati yetkazganligi xaqida xabarlar tarqagan. Tintuv qilinganida, uning yonidan bir necha o‘q otar qurollar va bir necha davlat pasportlari topilgani xaqida xabarlar tarqagan. Bu xaqda xaligacha rasmiy idoralar tomonidan xech qanday bayonotlar berilgan emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, bundan bir xafta ilgari ularning shaxar bo‘ylab musulmonlar orasida millatchilikka targ‘ib qiluvchi fikrlarni tarqatishayotgani va Roshod qori bilan yana bir qator musulmonlar xaqida xabarlar yig‘ishga urinishayotgani xaqida yoziladi. Bundan tashqari ular, Roshod qorini o‘ldirish re’jalari xam borligi xaqida, Roshod qoriga yaqin odamlarga ochiq aytishgan va shu ishlariga ko‘mak beruvchilarga 2000dollor berishlari mumkinligi xaqida xam gap tarqatishgan. Shuningdek qo‘lga olingan shaxs bilan yana bir kishining suvratlarini “odnoklasnik” saxifalariga osib qo‘yishgan edi. Shundan keyin Qirg‘iz xavfsizlik xodimlari xarakatga kelishga majbur bo‘lishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra gumondor shaxs, mas xolatida Qorasuv rayon IIBsi oldida janjal ko‘tarib, deyarli o‘zini topshirmaguncha, uni qo‘lga olishga jur’at qilisha olmagan. Sherigi xaligacha topilgani yo‘q.

Bu Qirg‘iziston bo‘ylab yurgan minglagan josuslarning biri. Uning boshqalardan farqi shundaki, u o‘zini xo‘rak sifatida oshkora ish olib bordi va Qirg‘iz kuch strukturalariga o‘zini topshirdi. O‘zbek FSBsining maqsadi, o‘z josusini oshkora tashlab berib, so‘ng xamirdan qil sug‘urgandek olib chiqib ketish bilan, Qirg‘iziston davlatiga ochiq taxdid qildi. Shuningdek O‘zbek rejimi Qirg‘izistondagi fuqorolar, xossatan O‘zbek millati oldida o‘zining ta’sir quvvatlarini ko‘tarish bilan bir qatorda, Qirg‘iz millatining ruxini pastga urishga xarakat qilmoqda. Shu ishlar bilan bir qatorda O‘zbek rejimining josuslari O‘sh va Jalolobod shaxarlaridan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, ba’zi mulkdor va savdogar o‘zbeklarga Qirg‘izlarning ximoyasidan chiqishlariga targ‘ib qilib, o‘z ximoyasini taklif qilganlari aytilmoqda. Shuningdek “O‘zbekiston Qirg‘izistondagi O‘zbek millatining taqdiridan befarq emas” degan ma’nodagi agitatsion gaplar keng tarqab bormoqda.

Shularning, ya’ni rasmiy va norasmiy munosabatlarni ko‘rib chiqib xulosa qilish mumkinki, O‘zbekiston Qirg‘izistonga qo‘shni va mustaqil bir davlat sifatida qaramayapti. Balki o‘laksaxo‘r o‘likka qaragandek, ya’ni Rossiya va AQSh singari ko‘z bilan qaray boshladi. Ular Qirg‘izistonga xuddi bir necha kuchlar o‘rtasidagi kuch sinashish maydoni singari qaray boshlashdi. Xuddi Ukraina va Qrim AQSh, Rossiya va YeI o‘rtasida qolganidek.

O‘zbek josusining xarakatlari, yana O‘sh viloyatiga Gazpromdan kelishi 100 foiz kafolatlangan gazni to‘xtatib qo‘yishi, Jalolobod bilan chegara yaqinida xarbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi xaqida xatto xabar berib qo‘ymaganligi, O‘zbek rejimi ortida AQSh turganligiga dalolat qiladi. Demak Qirg‘iz davlati bu josusni xam, xuddi Roshod qorining otasi shaxid Rofiq qorining qotilini ximoya qilgandek ximoya qilishga majbur bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz Rofiq qorining qotillari O‘zbek rejimining xarbiylari edi. O‘sha paytlardagi O‘zbek rejimi bilan xamkorlikda olib borilgan aperatsiyaning yetakchisi bo‘lgan Janish Bakiyev, bo‘lib o‘tgan qotillikni Qirg‘iz kuch strukturalarining bo‘ynlariga olishga majburlagan edi. Bu O‘zbekiston bilan aloqalarini buzishdan qo‘rqib, vaziyatga ko‘ra ish ko‘rishning oqibati edi. Xozirgi vaziyatda xam, uzoqni ko‘ra olmaydigan, siyosiy maxoratlari faqat o‘z manfaatlari atrofida aylanadigan siyosatchilar, yana O‘zbek rejimi oldida zaiflik qilishlari mumkinchiligi ko‘proq. Lekin qachongacha! Millatchilik urug‘lari sepilayotganini ko‘ra bila turib, uni oldini olishi mumkin bo‘lgan Roshod qori va shu kabi islomiy yetakchilarni ximoya qilish o‘rniga ularni o‘z xoliga tashlab qo‘yib, aksincha yovuz kuchlarga musulmonlarni qamash va taxqirlash bilan yo‘l ochib berishsa! Bu xoinlik emasmi!

Qirg‘izistonda bir necha fikriy quvvatlar o‘rtasida kurash boshlanishi kutiladi. Musulmonlar tomonidan islomiy fikriy yetakchilik quvvati, O‘zbek xavfsizlik xizmatlari tomonidan boshqariladigan millatchilik asosdagi fikriy yetakchilik va G‘arbning quroli bo‘lgan demoktatiyaga asoslangan erkinliklarni ximoya qilish yo‘nalishidagi quvvatlar. Islomiy fikriy yetakchilik, milliy fikrlarni sindiruvchi yagona quvvat ekanligi ma’lum. Shuning uchun O‘zbekiston Roshod qori kabi islomiy yetakchilarni va Xizb ut Tahrir kabi islomiy xizblarni yo‘q bo‘lishidan manfaatdor. Bu quvvatlar ularning qabix re’jalarini amalga oshirishda juda katta to‘siq bo‘lishi aniq. Lekin Qirg‘iz davlatchiligi, aksincha buni teskarisidan manfaatdor bo‘lishi lozim. Agar xalqining manfaatini, uning birligi va osoishtaligini o‘ylasa albatta.

Abdurazzoq:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.