O‘zbekiston TurkPaga a’zo bo‘lishi mumkin

665
0

0..O‘zbekiston turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlarning parlament assambleyasi (TurkPA)ga qo‘shilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TurkPA bosh kotibi Jandos Asanov ma’lum qildi.

“Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlarning parlament assambleyasi (TurkPA) O‘zbekiston va Turkmaniston vakillarining tashkilotga tez orada a’zo bo‘lishlariga umid qilmoqda”, – dedi u.

“TurkPA boshqa turkiy mamlakatlar uchun ham ochiq va, o‘ylashimcha, tez orada O‘zbekiston va Turkmaniston TurkPA va turkiy hamkorlikning boshqa tuzilmalariga qo‘shilishadi”,- dedi Jandos Asanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Toshkent va Ashxobod ushbu tashkilotga qo‘shilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Hozirgi vaqtda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya TurkPA a’zolari hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.