Toni Bler: Kuchimiz etmaydiganga o’xshaydi

447
0

 yq1kTyfrVrBGv2aXG6Qwa1PnSUAdZQ (1)Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler G’arb davlatlari rahbarlarini Ukraina borasida Rossiya bilan o’rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarni bir chetga surib “radikal va siyosiy Islom” tahdidiga qarshi birlashish kerakligi haqida ogohlantirdi.

 “G’arb davlatlarining rahbarlari o’rtalaridagi kelishmovchilikka qaramay, birlashmog’i lozim. Biz Siyosiy Islomga qarshi kurashish uchun barcha nizolarni unutmog’imiz, xususan Rossiya va Xitoy bilan o’rtamizdagi har qanday kelishmovchilikdan ko’z yumib turishga tayyor turishimiz lozim”, dedi Toni Bler bugun Londonda qilgan nutqida.

 BMT, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Rossiyaning O’rta sharq bo’yicha vakili Toni Bler qudratli davlatlar o’zlarining kim tomonda ekanliklarini aniq belgilashlari va “kimligi ko’rinib turgan guruhlar”ga dastak berishni to’xtatishlari lozimligini ta’kidlab o’tdi.

 Blerga ko’ra, “radikal va siyosiylashgan Islomiy harakatlar” dunyo miqyosidagi siyosiy kundalik mavzularning eng birinchi qatoridan o’rin olishi lozimdir.

 G’arb Suriya masalasiga aralashmaganligi uchun og’ir to’lov to’lashi mumkinligidan ogohlantirgan Bler Suriyada “yaxshilikdan darak beruvchi echim topish” fursatini qo’ldan boy berilganligini ham tilga olib o’tdi.

 Shuningdek, Bler Islomni amalda ijro qilish istagidagi radikal ko’zqarash sababli yuzaga kelgan tahdid butun dunyoni qamrab olganligini urg’uladi.

 “Radikal Islom tahdidi jamoatchilikning, hattoki davlatlarning barqarorligiga putur etkazmoqda. Globallashuv zamonida tinch yashash imkonini zayiflashtirdi. Bu tahdidni qabul qilmay, unga qarshi faol tarzda qarshi kurashga ham kuchimiz etmaydiganga o’xshaydi”, dedi sobiq bosh vazir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.