To’rtko’lda namozxonlarga tazyiq kuchaydi

0
843

“Ozodlik” radiosi 18 aprel kuni Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumanida ishxonada namoz o’qiydigan shaxslar boshliqlar tomonidan bosimga uchrayotgani haqida xabar qildi . “Ozodlik” radiosiga bu haqda xabar bergan to’rtko’lliklarga ko’ra, tashkilotlar rahbarlari ishxonada namoz o’qishni qattiq taqiqlab qo’ygan. To’rtko’l tumanidagi kasalxonalardan birida ishlaydigan shifokor Suhrob Vafoev (ismi sharifi o’zgartirilgan – tahr.)ning Ozodlikka aytishicha, ishxonada namoz o’qimasligi haqida boshlig’i tomonidan qattiq ogohlantirilgan:

– Biz kunduz kuni ishda bo’lamiz, ba’zan kechqurun smenada turamiz. Peshinni yoki boshqa namozlarni ish joyimizda o’qishga to’g’ri keladi. Bu kattalarga yoqmayapti va menga namoz o’qishni taqiqlashdi. Sekin boshliqdan so’rasam, “yuqoridan buyruq kelgan, namoz o’qilmasin, agar xodimlaringiz gapga quloq solmasa, bizga bu haqda xabar bering deyilgan”, deb aytdi,- dedi Suhrob Vafoev.

Shifokorning aytishicha masjidga muntazam qatnab namoz o’qish ham xavfli bo’lib qoldi:

– Masjidlarga ham kameralar qo’yib tashlangan. Yoshlar muntazam qatnab o’qiydigan bo’lsa darrov xatga tushadi. Shuning uchun uyda yoki ish kabinetimizda o’qib olamiz,- deydi Suhrob Vafoev.

Suhbatdoshning aytishicha, To’rtko’ldagi barcha korxona va tashkilotlarning rahbarlariga shunday topshiriq berilgan.

O’g’li hukumat idoralaridan birida ishlaydigan to’rtko’llik mushtariy ham ish joylarida namoz o’qish qat’iy taqiqlanganini aytadi:

– Ishxonalarda ruxsat yo’q. Bu faqat To’rtko’lda emas, butun Qoraqalpog’istonda shunday. O’g’limga agar namoz o’qisang ishdan bo’shataman, deb boshlig’i tazyiq o’tkazibdi,- dedi suhbatdosh.

“Ozodlik” radiosi bu masala bo’yicha O’zbekiston Musulmonlar idorasi raisining o’rinbosari, shayx Abdulaziz Mansurga murojaat qilgan. Abdulaziz Mansurning aytishicha, ishxonalarda namoz o’qish rasman taqiqlangan:

– Yo’q, mumkin emas. Ishxonada ham, ko’chada ham emas, masjidga borib namoz o’qinglar deyilyapti hozir. Hozir davlatning siyosati shunaqa. Ishxonalarda jamoat bo’lib ham, yakka tartibda ham namoz o’qish taqiqlangan. Bu xavfsizlik masalasi bilan bog’liq. Agar ruxsat bersa, ishxonalarda ba’zi bir ekstremistik kuchlar to’planib, bir nima qilishi mumkin degan ma’noda taqiqlangan. Bu erda namozga qarshi hech narsa yo’q,- dedi shayx Abdulaziz Mansur.

Turkiston:

Biz avval ham ko’p marotaba O’zbekiston prezidenti Islom va musulmonlarga nisbatan e’tiqodiy dushman ekanligi va uning hokimiyatga olib kelgan “masson” guruhining maqsadi ham O’zbekistondagi musulmonlarini Islom dinidan uzoqlashtirish hamda o’zbek jamiyatidan Islom dinining har qanday ko’rinishlarini yo’q qilish va islomiy qadriyatlarni oyoqosti qilishdan iborat ekanligi haqida aytib o’tgan edik.

Yahudiy Karimov islomiy ko’rinishlar va qadriyatlarni O’zbekiston jamiyatidan uzoqlashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni Islom diniga yot bo’lgan millatilik va vatanparvarlik fikrlari bilan sug’orish hamda yosh avlodni ruhiy va ma’naviy buzish uchun o’z imkoniyatidagi barcha tuban, jirkanch vositalarni ishga solib kelmoqda.

Bu maqsadda Karimov yoshlar orasida turli xil ko’ngilochar dasturlar, diskotekalar va universiadalar tashkillashtirishga, hech qanday ehtiyoj bo’lmagan holda o’spirin yigit-qizlarni ota-onalar nazoratidan uzoq bo’lgan joyga yig’ishga va hatto Farg’ona vodiysining Andijon viloyatida bo’lgani kabi bu kabi diskotekalarda bepulga piva va mast qiluvchi ichimliklar tarqatishga ko’rsatma berdi. Islom va musulmonlarga nisatan e’tiqodiy dushman bo’lgan yahudiy Karimov ko’rsatmasi bilan olib borilgan bunday buzg’unchiliklar natijasida yoshlar o’rtasida buzuqchilik, giyohvandlik kabi illatlar keng tarqaldi. Hatto kollej va litsey o’quvchi qizlari ichida erga tegmay turib homilador bo’lish holatlari ko’payib ketdi. O’ylamay bosgan qadami sababli ota-ona, el-yurt ichida yuzi shuvut bo’lgan o’quvchi qizlar ichida o’z joniga qasd qilish holatlari tez-tez sodir bo’ladigan bo’lib qoldi.

Bundan tashqari,“sog’lom turmush tarzi”ni targ’ib qilish bahonasi bilan musulmonlar farzandi bo’lgan muslima qizlarni badiiy gimnastika, voleybol, basketbol, suv sporti, qo’l jangi kabi sport turlarini keng rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratdi. Buning natijasida esa Islomga iymon keltirgan muslimalar berkitishi vojib bo’lgan avratlarini ochib, yuzlab tomoshabinlar o’rtasida o’z qomati va avratini ko’z-ko’z qiladigan bo’ldi.

Bularga qo’shimcha ravishda, biror-bir islomiy harakat yoki partiyalarga qarshi emas, balki Islom va musulmonlarga qarshi kurashayotgan Karimov boshchiligidagi rejim jamoat jaylarida oq do’ppi kiyish, hijob va ro’molda yurishni man qildi. Maktab, kollej va litsey o’quvchi va talabalariga masjidga borish va namoz o’qishni ta’qiqladi. Hukumat maktab o’quvchilariga namoz o’qish va masjidga kelishni ta’qiqlagan vaqtida ham aynan mana shu “shayx” Abdulaziz Mansur hukumat qarorini ma’qullab, “ maktab o’quvchilari namoz o’qishi shart emas, ular uchun ilm olish afzal, Qiyomatda men kafil bo’laman”, degan edi. Endi bo’lsa anchadan buyon davom etayotgan va kundan-kunga avj olib borayotgan ishxonalarda namoz o’qishni ta’qiqlanishini ham hukumat siyosati bilan oqlab, ishchi va xodimlarni namoz o’qishiga to’sqinlik qilinishini tasdiqlamoqda.

Ey, o’zini Islom olimiman deb hisoblaydigan “shayx xazratlari”!

Siz qachongacha Allohni qo’yib, bandasidan qo’rqishda davom etasiz!? Qachongacha Allohning siyosati qolib, Uning maxluqini siyosatini qo’llab-quvvatlaysiz!? Nahotki, besh kunlik o’tkinchi dunyoni deb, Ohiratingiz kuydirasiz!? Ertaga Alloh Taoloning oldida sizga bergan ilmi uchun nima deb javob berasiz!? Yoki yahudiy Karimovning azobi Allohning azobidan kuchli va abadiy deb o’ylaysizmi!? Nahotki tavba qilish vaqti kelmadi!?

Izohlar yo'q