Uning xabar qilishicha, qiynoqlar MXDQ, Jazoni ijro etish boshqarmasi xodimlari va boshqa h uquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan qo’llanilmoqda.
“Ko’pincha qiynoqlar, xizmat pog’onalaridan ko’tarilish, mukofot puli, tashakkurnoma kabi rag’batlantirishlarga ega bo’lish uchun, ochilgan jinoyatlar ko’rsatkichini oshirish hamda ochilmay qolgan jinoyat ishlaridan qutulish maqsadida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo’llanilmoqda”,- dedi Risbekov.
Risbekovning belgilashicha, 31 oktyabrda nishonlanadigan militsiya kunida IIV rahari Abdulla Suranchiev jurnalistlarning ayrim savollariga javob bera turib, ichki ishlar organlari tizimida qiynoq qo’llash holatlari mavjudligini tan oldi.
“Suranchiev kuzatuvchilar xotirasidagi, ichki ishlar organlarida qiynoqlar qo’llanishi mavdudligini oshkora tan olgan birinchi IIV rahbaridir. Agar vazir mamlakatdagi xal qiluvchi rahbarlardan biri ekanligini, Ichki ishlar vazirligi esa davlat tuzilmasida asosiy o’rinni egallashini hisobga olinadigan bo’lsa bu juda ham katta voqea. Bundan tashqari mamlakatdagi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning ma’lumotiga ko’ra, ular tomonidan aniqlangan qiynoqlar qo’llanishi holatlarini 90 foiziga yaqini IIV xodimlari hissasiga to’g’ri kelmoqda”,- dedi milliy markaz direktori Risbekov.
Turkiston:
2013 yilda Qirg’iziston bo’yicha 265ta qiynoqlar qo’llanishi bo’yicha ariza va murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatla bo’yicha 18ta jinoyat ishi qo’zg’atilib, 10ta ish sudga jo’natilgan. 245ta holatda jinoyat ishi qo’zg’atilishi rad etilgan.
Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan demokratik davlatlarda va xususan Markaziy Osiyo respublikalarida qiynoqlar qo’llanishi odatiy holga aylanib qolgan. Bu qiynoqlar natijasida aybsiz odamlar ham qilmagan jinoyatlariga iqror bo’lishga va “emagan somsalari uchun pul to’lashga” majbur bo’lishadi.
Demokratiyani da’vo qiladigan mazkur davlatlarda huquqni muxofaza qtluvchi organlar “har bir inson aybdor, toki aybsizligi isbotlangunga qadar” printsipi asosida ish olib borishadi. Ularni qo’liga tushgan inson to o’zining aybsizligini isbotlangunga qadar qanchadan-qancha qiynoqlarga, tahqirlash va kamsituvchi muomalalarga bardosh berish kerak bo’ladi. Bunday “aybsizlik” chig’irig’idan o’tgunga qadar inson o’z sog’ligidan ajrab bo’ladi.