Maxfiy hisobot matbuotga sizib chiqdi

0
515

AQSh markaziy razvedka byurosi (MRB) mahbuslarni qiynoqqa solganligi va ularni tergov qilishda “kuchaytirilgan tergov texnologiyasi”ni ishga solganligioshkor bo’ldi.Terrorga qarshi kurash loyihasiga doir AQSh senati ravedka qo’mitasi bergan qisqacha xulosa va natijalarga oid 6600 sahifalik maxfiy hisobot matbuotga sizib chiqdi.

Hisobotdan o’rin olgan natijalarga ko’ra, 11 sentyabr hujumlari ortidan terrorda gumon qilingan shubhalishaxslarga nisbatan og’ir va ayovsiz tergov uslublari qo’llanishining samaradorligi xususida MRBtarafidan AQSh hukumatiga davomli ma’lumot berib kelingan.

Qamoqqa olinganlarga nisbatanog’ir qiynoqlar qo’llanganligi, terrorga qarshi kurash borasidaxatoga yo’l qo’yilganligi, qamoqqa olingan kishilar ustida hukumat ruxsatisiz “tergov texnalogiyasini”ni ishga solinganligi, odamlarni hech bir dalilsiz qamoqqa olinishi va tergov hech bir zamon to’g’ri olib borilmaganliqo’mita hisobotida ma’lum qilingan boshqa muhim natijalar sifatida bayon qilindi.

Hisobotxalqaro xavfsizlik uchun tahdid tug’diradigan ma’lumotlardan tozalanib jamoatchilikka oshkor etilishi uchun AQSh prezidenti Barak Obama idorasi tekshiruviga topshirilgan edi.

Demokratlardan iboratsenat a’zolarining rahbari senator Dianne Feinstein shu vaqtgachaoshkor etilmagan hisobotni qanday matbuotga sizib chiqqanligi mavzusida tekshiruv boshlanganligini ma’lum qildi.

“Qo’mita bu hisobotning iznsiz fosh etilishi mavzusida surishtiruv ishlarini boshladi va men bu mavzuni Adolat vazirligiga havola etish haqida o’ylayapman”, dedi.

Hisobot oshkor etilishi ortidan matbuotga intervyu bergan MRB so’zchisi Dean Boyd hisobotning e’lon qilinishmavzusiga to’xtalmasligini bildirdi. Dean Boydga ko’ra,MRB tarafidan belgilanganhisobotning xalqqa ma’lum qilinadigan qismlariga doir “shoshilinch ko’zdan kechirish amaliyoti” o’tkazilgan.

http://www.sabah.com.tr/webtv/dunya/ciain_iskence_goruntuleri_518759218750

Izohlar yo'q