Ukraina masalasida to’rtlik uchrashuvi

310
0

 79Ukrainadagi siyosiy inqirozga echim topish maqsadida to’rt taraf vakillari, ya’ni Ukraina, Rossiya, Yevropa ittifoqi va Qo’shma shtatlar vakillaridan tarkib topgan yuqori martabali mas’ullar kelgusi haftada uchrashuv o’tkazadi.Bu uchrashuv Ukrana inqirozi boshlangandan buyon ilk to’rtlik uchrashuvidir.

 Uchrashuvga Yevropa ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha vakili Ketrin Eshton, AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina tashqi ishlar vaziri Leonid Kojara ishtirok etishi kutilmoqda.Uchrashuv vaqti ma’lum emas, ammo uchrashuv joyi Yevrapa ekanligi aytilmoqda.

 Eshtonning so’zchisi Maykl Mannning ma’lum qilishicha,Yevropa ittifoqi rasmiylari Ukrainadagi vaziyatni tinchlantirish maqsadida AQSh, Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari bilan diplomatik harakatlar doirasida uchrashuv o’tkazgan.

 VVSga bayonot bergan Yevropa ittifoqiga oid dipllomatik manbalar Yevropa komissiyasi tarafidan Ukraina inqirozi bilan mashg’ul bo’lishi uchun “Ukrainaga yordam guruhi” tashkil qilinganligini ochiqladi.

 NATO tarafidan berilgan bayonotda Rossiyaning Ukraina ishlariga aralashuvi jiddiy oqibatlarga sabab bo’ladigan “tarixiy bir xato” sifatida baholanmoqda. Bryusselda o’tgan konferentsiyada NATO bosh kotibi Fog Rasmussen Rossiyaning Ukraina chegaralaridan chekinishini talab qildi. Rossiya prezidenti Vladimr Putin esa Ukrainani ishg’ol qilish niyati yo’qligini, biroq Rossiya o’z manfaatlarini himoya qilishga haqqi borligini olg’a surmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.