Muxolifat tinch namoyish o’tkazishga tayyorgarlik ko’rmoqda

0
576

 Qirg’iziston Milliy muxolifat harakati (MMH) etakchisi Ravshan Jeenbekov o’zining Facebook dagi sahifasida tarqatgan xabarga ko’ra, muxolifat Bishkek shahar meriyasi va ichki ishlar bosh boshqarmasini namoyish o’tkazish to’g’risida xabardor qilgan.

Tin namoyish o’tkazilishi to’g’risidagi xabarnoma Bishkek shahar meri Qubanchbek Qulmatov va IIBB boshlig’i Melis Turganboevlar nomiga jo’natilgan.

Xabarnomada jumladan, “Qirg’iziston respublikasi konstitutsiyasining “Tinch namoyishlar to’g’risida”gi qonunining 34- moddasi 1-2-3 bo’limlari va 11-moddasiga muvofiq Milliy muxolifat harakati sizni 10 aprel kuni soat 11.00dan 17.00gacha bo’lgan vaqt oralig’da Bishkek shahrining M. Gorkiy bog’ida o’tkazilishi rajalashtirilayotgan tinch namoyish to’g’risida xabardor qiladi. Ishtirokchilarning taxminiy soni 3-4 ming kishi. Tadbirda ovoz kuchaytiruvchi apparatlar va so’zga chiqqanlar yaxshiroq ko’rinishi va so’zlari eshitilishi uchun boshqa jihoz (sahna, minbar)lardan foydalaniladi. Shu munosabat bilan sizdan namoyish vaqtida jamoat tartibini ta’minlashni va ovoz kuchaytiruvchi apparatlar uchun elektr tarmoqlaridan foydalanishga ruxsat berishingizni so’raymiz”, – deyilgan.

Turkiston:

 IIBB so’roviga asosan Pervomaysk tuman sudi 31 martdan 1 maygacha poytaxtning “Ala-Too” maydonida, Jokorku Kenesh binosi oldida va Hukumat uyi ro’parasi (eski maydon)da tinch namoyish o’tkazishni ta’qiqlagan va bunday namoyishlar M. Gorkiy nomidagi bog’da o’tkazilishini belgilab bergan edi. Shu sababli muxolifat 31 martga belgilagan namoyishni ortga surgan edi. Bugun esa muxolifat rasmiy hukumat tomonidan ruxsat berilgan M. Gorkiy bog’ida o’zining tinch namoyishini o’tkazishini ma’lum qildi.

Muxolifat namoyish o’tkazishini ma’lum qilishidan ikki kun oldin, ya’ni, 2014 yil 3 aprel kuni ertalab Baqayota tumanida 500ga yaqin odam “Shiraljin” oltin konini yopish talabi bilan tuman ma’muriyati binosi oldida to’planishgan edi. Mahalliy hukumat vakillaridan ijobiy javob olishmagach, namoyishchilar Baqayota qishlog’i hududidan o’tgan Talas-Taraz avtotarssasini yopish uchun yo’l olishgan va ma’lum vaqtdan so’ng namoyishchilar soni 1000 kishidan oshib ketgan edi. Namoyishchilarni asosiy talabi – “Shiraljin” oltin konini yopishdan iborat bo’lib, namoyishchilar bu oltin koni mahalliy fermer xo’jaliklariga ziyon etkazayotganini ma’lum qilishgan edi. Mazkur namoyish vaqtida kuch ishlatar organlar va namoyishchilar o’rtasida to’qnashuv vujudga kelib, har ikki tomondan ham jarohatlanganlar bo’lgan.

4 aprel kuni rasmiy hukumat vakillari “Shiraljin” oltin koni faoliyati vaqtinchalik to’xtatilishi va namoyishchilarga nisbatan hech qanday chora ko’rilmasligini va’da qilishganidan so’ng namoyishchilar yo’lni ochib, tarqalishgan edi.

Issiqko’l viloyatida joylashgan Saruu qishlog’ida kuz oylarida bo’lib o’tgan norozilik namoyishidan farqli ravishda, rasmiy hukumat Baqayota qishlog’ida bo’lib o’tgan norozilik namoyishi ishtirokchilarni talabini tez qondirdi va Saruuda bo’lgani kabi, namoyishchilarni qo’lga olish va ta’qib qilishlar sodir bo’lmadi. Bundan hatto Saruu qishlog’ining aholisi tajjubga tushdi.

Rasmiy hukumatni bunday yo’l tutishiga va Saruu namoyishchilaridan farqli ravishda Baqayota namoyishchilarini talabini qondirishga shoshilishiga bahor oyi kelib qolganligi va avvalgi ikki inqilob kabi uchunchi inqilobni sodir bo’lishidan qo’rqanligi sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Ammo Qirg’iziston hukumati va prezident Atambaevning hozirgi holati shu qadar ayanchilikki, hatto muxolifat ham rasmiy hukumat bilan ziddiyatga kirishishga yoki hokimiyatni egallashga harakat ham qilmaydi. Chunki muxolifatning o’zida ham Qirg’izistonni hozirgi inqirozdan va yirik davlatlar – ayniqsa Rossiya – bosimidan qanday qutqarish mumkinligi to’g’risida birorta arzugulik dasturi mavjud emas.

Izohlar yo'q