“Biz xalqaro hamjamiyat siyosiy irodasini hakarakatga keltirishimiz lozim. Jeneva-2 konferentsiyasi kutilgan natijani bermadi. Shuning uchun Jeneva-3 konferentsiyasini tashkil qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat olib bormoqdamiz”, dedi BMT bosh kotibi.
Pan Gi MunJeneva-3 konferentsiyasida muvaffaqiyatgaerishish uchun Rossiya va AQShning dastagiga ehtiyoj borligini ta’kidladi hamda bu ikki davlatni taraflarga bosim o’tkazib, muzokara stoliga o’tirishi uchun ko’ndirishga chaqirdi.
Ammo mutaxassislar yangi muzokaralardan biror bir natija chiqishiga shubha bilan qarashmoqda.Rossiyalik siyosatchi Vladimir Orlov shular jumlasidan.Mutaxassisning qayd etishicha, Jeneva-3 konferentsiyasidan erishilgan oxirgi natija Jeneva-4 konferentsiyasiga tayyorgarlikning boshlanishi bo’ladi.
“Menimcha, taraflarning biror qat’iy echimga erishish ehtimoli o’ta past. Buning sababi Ukraina ustida Rossiya va Amerika aloqalarida yuzaga kelgan tanglik emas. Suriya inqirozi bundan buyon Moskva bilan Voshington o’rtasida faqat kelishib qo’yish bilangina hal bo’lmaydi…”, “…xozirgi vaziyatda Suriya masalasining echimini topish imkonsiz bo’lib qoldi. Shuning uchun bu urush uzoq davom etishi mumkin”, dedi Orlov.
Damashqdagi tadqiqot markazining mudiri Bassam Ablulloh ham bu borada o’z fikrlarni o’rtoqlashdi.
“Terroristik jamoalarga (ya’ni jihodiy guruhlarga) berilayotgan dastakning uzib qo’yilishi mavzusida va dunyoning har tarafidan Suriyaga oqib kelayotgan ekstrimistlar (ya’ni mujohidlar) mavzusida bir kelishimga erishmay turib Suriya masalasini hal qilib bo’lmaydi. Bu amaliyotlar tashqaridan dastaklanib turar ekan, muzokaralardan hech qanday natija chiqmaydi. Bu orada shuni aytib o’tishni istardimki, Jeneva-2 konferentsiyasida terrorizmga (ya’ni Islomga) qarshi kurashish mavzusi o’rtaga tashlanganda ba’zi ishtirokchilar bu mavzuning muhokama qilinishiga qarshi chiqishgan edi”, dedi mutaxassis.