Falastinning Ramalloh shahrida joylashgan “Sayyid Qutb” nomli masjidda Hizbut-Tahrir yigitlari namozdan so’ng haftalik yig’ilish o’tkazishi odat tusiga kirgan. Kuni kecha Odatga ko’ra, yig’ilish o’tkazilayotgan paytda Falastin xavfsizlik kuchlari Hizbut-Tahrir yigitlariga hujum qilib, qo’llaridagi sigirning dumiga o’xshagan qora tayoqlar bilan ularni kaltakka tutdi.
Falastin xavfsizlik kuchlari masjidda haq so’z aytilishini hazm qila olmaganligi uchun yig’ilishning o’tkazilishiga qattiq qarshiliq qilishga urindi. Bo’layotgan hodisalarni tasvirga tushirayotgan “Al-Vatan TV” kanalining jurnalistlari ham xavfsizlik xodimlarining hujumidan omon qolmadi.
Masjid jamoati hujum paytida Hizbut-Tahrir yigitlari bilan elkama-elka turib Xalifalikni yoqlovchi shiorlarni aytib chiqqanliklari xavfsizlik kuchlarini sarosimaga solib qo’ydi. Masjid “Labbayk, labbayk, labbayka yo Alloh”, degan musulmonlar sadosidan larzaga keldi.
Yigitlar vazminlik va hikmat bilan muomala qilishlariga qaramay, kuch ishlatuvchi organlar yoshlarni urib-tepib, ulardan bir qanchasini qamoqqa oldi. Shu tarzda xavfsizlik kuchlari Allohning uylaridan biri bo’lgan Falastindagi bir masjidning hurmatini ham ayoq osti qilishdi.
Abbasın Şebbihalarından Hizbuttahrirli Gençlere… von ummethaberajansi