Qirimda birinchi qurbon berildi

414
0

140319000143_crimea_512x288_afp_nocreditQirim avtanom respublikasida joylashgan ukrain dengiz kuchlariga oid harbiy baza Rossiya harbiy kuchlari tarafidan ishg’ol qilindi. Hujum oqibatida bir ukrain harbiysi hayotdan ko’z yumdi va yana ikkitasi jarohat olganligi sababli shifoxonaga yotqizildi. Ba’zi xabarlarda aytilishicha, Qirim milliy himoya kuchlaridan ham bir kishi halok bo’lgan. Hujum uzoqdan snayper quroli bilan amalga oshirilgani aytilmoqda.

Qirim ichki ishlar vazirligi tarafidan berilgan bayonotda Simferopoldagi Ukraina dengiz kuchlariga oid harbiy tipografiya markaziga qurolli hujum uyushtirilganligi tasdiqlandi. Bayonotda ta’kidlanishicha, hujum harbiy tipografiya markazi yonidagi bir binoning panjarasidan snayper orqali amalga oshirilgan. Shuningdek, bayonotda Bu hujum Ukrainadagi namoyishlar chog’ida qo’llanilgan snayper hujumlariga o’xshash ekanligi olg’a surildi va Qirim xalqini vahimaga tushmaslikka chaqirildi.

Qirim parlamenti tarafidan bosh vazirlik vazifasiga saylangan Sergey Aksanov esa hujumga doir bayonotida “amalga oshirilgan provakatsiya natijasida ikki kishi halok bo’ldi”, deya qo’shimcha qildi.

Ayni damda bu hujumlardan so’ng Ukraina Mudofaa vazirligi Qrimdagi ukrain harbiylariga qurollarni ishga solishga ruxsat berganligi aytilmoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.