Ukraina Rossiya bilan chegaraga hududlariga qo’shin tashlamoqda

410
0

images (6)Ukrainaning “24” telekanali xabariga tayangan holda “ITAR-TAAS”ning ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiya bilan chegaradosh bo’lgan hududlarga askar va bronetexnikalarni tashlamoqda.

Tanklar yuklangan eshelon Lugansk shahridan 10 km uzoqlikda joylashgan Kondrashevskaya-Novaya stantsiyasiga etib kelgan.

Xabarda aytilishicha, mahalliy aholi “harbiy mashinalarni tushirishlikka” qarshilik qilgan. Buning natijasida eshelonni kuzatib kelgan qurolli harbiylar komandirlariga “buyruqni bajarishlik” to’g’risida hisobot berishgan va mahalliy aholini stantsiyadan surib chiqarishni boshlashgan.

Ayni vaqtda “harbiylar chekinishgan”. Mahalliy aholi harbiy mashinalarni tushirishga yo’l qo’ymaslik uchun navbatchilik tashkil etishgan.

Avvalroq Ukraina Ichki ishlar vaziri lavozimini vaqtinchalik bajarib turgan Arsen Avakov Rossiya-Ukraina chegarasi “to’liq yopib qo’yilgani” haqida bayonot bergan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.