Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

399
0

01 (1)

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrirga a’zo ayollar Markaziy Afrika musulmonlariga yordam berish kampaniyasini e’lon qiladi va bunda u erdagi musulmon ayollar, yosh bolalar uchrayotgan genotsidga oydinlik kiritadi

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limining ayollar qanoti Markaziy Afrikadagi musulmon ayollar va yosh bolalar uchrayotgan jirkanchli jinoyatlarga dunyo jamoatchiligi e’tiborini tortish maqsadida bir qancha tadbirlar o’tkazishni boshladi. Bu tadbirlar «Markaziy Afrikadagi musulmonlarga kim yordam beradi» nomi ostida Hizb butun dunyo bo’ylab uyushtirayotgan kampaniyaning bir qismidir. O’z yurtida himoyasiz qolgan musulmonlar 2014 yil fevral oyining boshidan boshlab genotsid qilinmoqda. Bu genotsid axborot vositalari va xalqaro hamjamiyatning til biriktiruvi, qolaversa unda hamkorlik qilishi asosida amalga oshdi. Xalqaro hamjamiyat va axborot vositalari musulmonlarga qarshi amalga oshirilgan bunday jinoyatlarni yashirishni ta’minladi. Bangida yashagan yosh bolalar va ayollar ta’riflashga til ojizlik qiladigan vahshiyliklarga duch kelganlar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 14 fevraldagi hisobotida 133 ta bolalarni o’ldirish yoki zo’rlash holati qayd etilgan. 2014 yil yanvar oyining oxirgi o’n kunligida qayd etilgan bir necha holatlar ichida xalqaro axborot agentliklari ikki yosh bolaning so’yilgani to’g’risidagi xabarni keltiradi. Qayd etilgan bu jinoyatlarda u erda quvg’inga uchragan musulmonlarga nisbatan bir-biriga o’xshash jinoyatlar sodir etilgan.

Yunisef mas’ullari Manuel Fonteyn va Sulaymon Diabatelar sodir bo’lgan bu voqealarni «Dinga mansub bo’lgani uchungina bevosita dahshatli intiqom qurboniga aylanish» deb hisoblashlarini ochiq aytishdi. Xyuman Rayts Votch tashkilotining favqulodda holatlar direktori Piter Bukert 9 fevralda VVSga bergan intervyusida mahallalar to’lig’icha musulmon aholidan bo’shatilganini, qolaversa ular uy-joylaridan muayyan tartibda evakuatsiya qilinganini, hatto ularni o’sha joyning tub aholisi ekanini ko’rsatuvchi hujjatlar batamom yo’q qilinganini aytdi. Xalqaro Amnistiya Tashkiloti Bangi G’arbida sodir etilgan genotsidni qayd etdi. Ular u erda yolg’iz qolgan 11 yoshli muslima qizchani uchratishgan. Tashkilotning krizislar bo’yicha bosh konsultanti (maslahatchisi) Donatella Rovera bunday deydi: «Bu qizcha bir chetda ko’zlari qo’rquvga to’lgan holda yotardi. U gapirishga ham qodir emas edi va to’rt kun davomida ovqat ham emagan, suv ham ichmagan edi. Bu qishloqda yolg’iz shu qizchagina omon qolgan edi». Hisobotlarga ko’ra, Markaziy Afrikada kuchayib borayotgan bu voqealarda zarar ko’rganlarning ko’pchiligini ayollar va yosh bolalar tashkil qiladi.

Musulmonlarning hokimlari odatdagidek ularni yordamsiz qoldirdi va Bosniya, Myanma, Suriya va bulardan boshqa joylarda bo’lganidek ular begunoh musulmonlarni himoya qilish uchun o’z vazifalarini bajarishmadi. Bu hokimlarning siyosiy irodalaridagi bunday doimiy ojizlik ularning haqiqiy ahvollarini fosh qiladi. Ular faqatgina G’arb manfaatlari uchun xizmat qilayotgan quldirlar. Shuningdek bu hokimlarning bunday pozitsiyalari ular bilan Ummatning fikrlari va tuyg’ulari o’rtasida jarlik mavjudligini ko’rsatmoqda.

Biz, Hizb ut-Tahrirga a’zo ayollar opa-singillarimiz va ularning oilalariga nisbatan amalga oshirilayotgan bunday jinoyatlarga nisbatan aslo jim qo’l qovushtirib tura olmaymiz. Alloh xohlasa kelgusi haftalarda Markaziy Afrikadagi ayollar va yosh bolalarga nisbatan amalga oshirilayotgan dahshatli jinoyatlarni fosh qilish maqsadida amalga oshiriladigan axborot vositalar kampaniyasida Hizb ut-Tahrir matbuot bo’limining ayollar qanoti ham ishtirok etadi. Shuningdek biz hozirgi layoqatsiz, dunyoning har tarafida qoni to’kilayotgan musulmonlarni himoya qilishga ojizlik qilgan hokimlarni muhosaba qilishga ham harakat qilamiz.

Biz, Hizb ut-Tahrirga a’zo ayollar shuni ta’kidlab aytamizki, islomiy siyosiy nizom hisoblangan Xalifalikkina musulmonlarning qoni to’kilishini va ularga qarshi muntazam agressiyalarni to’xtata oladi. Bu Xalifalikka G’arbga qullik qilish kishanlaridan ozod adolatli imom rahbarlik qiladi. Islom Ummatining qoni to’kilgudek bo’lsa uning boshqaruvidagi Ummat qo’shinini hech qanday kuch aslo to’xtata olmaydi. Usmon ning Xalifaligi davrida vaziyat mana shunday edi. Usmon  o’sha paytda beqaror holatdagi Shimoliy Afrika mintaqalarini himoya qilish uchun Islomiy davlatning ulkan qo’shinini birlashtirdi. O’shanda Shimoliy Afrika Vizantiya va Fors imperatorligining mustamlakachilik ta’masiga va hujumiga uchrayotgan edi. Faqat mana shu Xalifalik va u er yuziga qaytishi bilan quvg’inga uchragan butun dunyodagi mazlum Islom Ummatiga xavfsizlikni ta’minlaydi.

«Agar ular din yo’lida sizlardan yordam so’rasalar, yordam qilish zimmangizdadir» [Anfol 72]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.