Tojikiston Islom Markazi janoza namoziga taalluqli fatvoni e’lon qildi.
Tojikistonning din va milliy ana’analarga oid Qumitasining matbuot kotibi Afshin Muqim xabar qilishicha Tojikiston Islom markazi yangi fatvo e’lon qildi.Fatvoning qisqacha mazmuni shundan iboratdir:-“ Minba’d Tojikistonda janoza namozini ӯqishlikka faqat imomlar, imom-xatiblar,bosh xatiblar va Tojikiston ulamolar Shӯrosi vakillari(darajasiga qarab) huquqi bor.Bu tӯg’rida mayitning vasiyati yo ki yaqinlarining xohishi inobatga olinmaydi. Bu fatvoda hanafiya mazhabining birinchi manbalariga ishora qilinadi, chunki unda namoz ӯquvchilarning darajasining tartibi zikr qilingan. Fatvo Tojikistonning barcha fuqarolariga taalluqli bӯlib, unga rioya qilishlik hammaga bir xil shart. Ulamolar shӯrosi fatvoning sabablarini bunday sharh qildi:-“ Aksar hollarda janoza namozi chog’ida olimlar orasida ixtilof vujudga keladi va odamlar bir-birlariga nojӯya gaplarni sӯzlaydilar. Natijada din arboblarining obrӯsi tӯkilib, xalq orasida turli mish-mishlar tarqalmoqda”.Eslatib ӯtmoqchimizki, yanvar oyida janoza namozi chog’ida Eshon Nuriddinjon va Jamoliddin Amonullozoda ӯrtasida nizo chiqdi. Ularnig har biri ӯz sӯzida mahkam turib ta’kidlab aytishdiki, aynan u janoza namozini ӯqishlikka kӯproq haqli.Mayit egasi ularning orasinin isloh qilishini ham ayriliq azobini tortishini ham bilolmay qoldi. G’am ustiga g’am bӯldi. Bu nojӯya holat bir necha marotaba internet saytlarida takror-takror kӯrsatildi. Bundan tashqari Islom markazining ruhoniylari ma’lum qildilarki, shariat bӯyicha fatvoni faqat Islom markazi ulamolari e’lon qilishlari lozim. Tojikiston mamlakatning fuqarolari bunday fatvolarga bӯyin egib qarshiliksiz rioya qilishlari joiz.Din ishlari bӯyicha Qumita ruhoniylarning bu bayonotlarini bu sӯzlar bilan qӯllab-quvvatlashdi:-“ Diniy ta’limot va fatvoda ӯziga xos nozik jihatlari bor. Va bunga taalluqli insonlar yuqori darajadagi diniy ma’rifatga ega bӯlishlari lozim. Har qanday ilmda qoida va ӯziga xos uslublari bor. Diniy ta’limot ham ӯta nozik va ayni paytda murakkab hamdir. Har qanday xatolik noxush oqibatlarga olib kelishligi mumkin va odamlarni notӯg’ri yӯlga boshlashi aniqdir.Islom markazining asosiy vazifasi yurtimizdagi musulmonlarning diniy rag’batini himoya qilishlikdan iboratdir”.
Turkiston:
Bu erda sharhga xojat yӯq. Zero bunday kutilmagan fatvolarga axoli allaqachon odatlanib qolgan. Ӯtgan yili Ӯzbekiston ulamolar Kengashi qaror qabul qilgan edi. Unga kӯra nikoh ӯqishlikka faqat Rasmiy din vakillarining haqqi bor xolos. Kelin kuyov (nomahramlar) avval ZAGSdan ӯtishib u erning hujjatining kӯrsatgan taqdirdagina ularga imom nikoh ӯqiydi. Kelinning yoshi 18 dan past bӯlmasligi shart. Yӯqsa, unga nikoh ham yӯq Zags ham, ota-ona, mahalla komiteti raisi javbgarlikka tortiladi.Nikoh ӯquvchi albatta maxsus hujjatga ega bӯlishligi lozim.Agar hujjati bӯlmasa nikoh “bekor” qilinib jarima undiriladi.Yuqoridagi xabarga muvofiq ogohlantirmoqchimiz, mabodo tog’ bag’rida yoki dalada ӯzingizni yomon his qilsangiz, darhol Markaz tomon shoshiling. Chunki mabodo umriz poyoniga etgan bӯlsa,” janozasiz” qolsaiz. Yoki mabodo yaqinlariz bir muxlis musulmonni chaqirib, janozangizni ӯqishib, “yuqorining ruxsatisiz” dafn etishsa, holingizga voy bӯladi! Zero hukumat sizni va oila a’zolaringizni sud qilishadi. Chunki qonun shuni taqozo etadi.