Izhorotda bunday deyiladi:-“ Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha bunday loihani amalda tatbiq etilishi tabiiy daryolarining yO’nalishini buzilishiga olib keladi. Zero ayni paytda suv va ekologiya muammosi juda nozik masala hisoblanadi.Agar bunday loihalar tatbiq etilsa Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy muammo paydo qiladi. Bundan tashqari bu kabi ulkan inshootlar Rixter jadvali bilan 9-10 balli er qimirlashlariga olib keladi va buning oqibatida turli texnogen ofatlar rO’y beradi. Shu bois O’zbekiston hukumati ma’lum qiladiki xalqaro suv agregatlarida bunday gidroenergetik inshootlar qurilishiga ruxsat berilmasa ayni muddao bO’lar edi. Biz xohlardikki Jahon jamoatchiligi mintaqadagi suv va energiya zaxiralaridan oqilona foydalnishligini nazorat qilib uning isrof bO’lmasligiga alohida e’tibor qaratsa”.Eslatib O’tamiz bir necha yillardan buyon O’zbekiston hukumati turli minbarlardan turib O’zining Tojikiston va Qirg’iziston davlatlirining GES qurilishiga oid loihalariga e’tiroz bildirib kelmoqda.