Askar Akaev o’zining 70 yillik yubileyini Qirg’izistonda nishonlashi mumkin

457
0

1380818364_zagruzhennoeQirg’izistonning to’ng’ich prezidenti Asqar Akaev 2014-yilning kuzida o’zining 70 yillik yubileyini Qirg’izistonda nishonlashi mumkin. Bu xaqda u “7 kanal” ga bergan eksklyuziv suxbat chog’ida ma’lum qildi. Mazkur kanal to’ng’ich prezidentning bu suxbatini 18 fevral kuni tamoshabinlar e’tiboriga havola etdi.

Akaevga ko’ra, bunday taklifni uning Qirg’izistondagi bir guruh tarafdorlari ham taklif qilishgan. “Mening ham tarafdorlarim bor. Ular meni qo’llab quvvatlashadi va mening yubileyimni Qirg’izistonda o’tkazishimga istak bildirishadi. Yubiley deganda biz to’y tomoshaga o’rganib qolganmiz. Men esa, uni boshqacharoq ya’ni ilmiy konfrentsiya shaklida o’tishini hoxlar edim. Mana yaqinda Qirg’izistonning mustaqilligiga 25 yil to’ladi. Bu esa, chorak asr degani. Shuning uchun bu masalaga yoshlarning diqqatini jalb etish, bu vaqt mobaynida erishilgan yutuqlar va qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar xaqida davra suxbati tuzish lozim. Bizlar bosib o’tgan yo’limizning natijasini xusolashni hohlashimni o’z tarafdorlarimga aytdim”,-dedi A.Akaev.

2 yarim soatdan ortiq davom etgan suxbat chog’ida u ko’p savollarga javob berar ekan o’zi uchun eng qimmatbaho bo’lgan 5 ming nusxa kitobdan tashkil topgan shaxsiy kutubxonasining yo’q qilinganiga qattiq achinishini bildirdi. Albatta, u kufr nizomi– demokratiya tarafdori va Qirg’izistonning “Bojxona Ittifoqiga” kirishini ma’qullaydi.

Eslatib o’tish lozimki, Askar Akaev 1944-yili 10-noyabr kuni Chuy viloyatining Kemin rayoni, Qizil-Bayroq qishlog’ida dunyoga kelgan.

Ma’lumki, Akaevdan keyin hokimiyat tepasiga olib kelingan Kurmanbek Bakiev tez orada xalqning tinkasini quritdi. Ko’p sonli uning oila a’zolari davlatni xar tamonlama kemirishga tushishdi. Xalqning turmish tarzi og’irlashdi. O’sha paytdagi Xavfsizlik kengashi raxbari Adaxam Madumarovning O’zbekistonga qilgan rasmiy tashrifidan so’ng “ekstrimist” dindorlarni 18 yillab uzoq muddatlarga qamay boshladi. Bayaman Erkinboev, Risbek Axmatbekov kabi 40 ortiq raqiblarini otib o’ldirdi. O’ziga dushman sanagan davlat arboblari va xalq deputatlari sirli ravishda g’oyib bo’lib, keyin ularning jasadlari joylardan topildi. Axmat Bakiev Qirg’iziston janubiga yakka hokim bo’lib oldi. Janish Bakiev Milliy Xavfsizlik xizmatini egalladi. Prezidentning to’ng’ichi Maksim atrofiga butun firibgar, qallob yahudlarni to’plab olib, o’zi mamlakatda arzanda shaxzodaga aylandi. Kumonbek Bakiev Moskvada AQShning Manasdagi bazasini chiqaraman, deb Putinga so’z berdi. Buning uchun Rossiya Qirg’izistonga 2 mlrd. dollar miqdorida kredit beradigan bo’ldi. Biroq, negadir u o’zining Moskvada gapirgan so’zidan qaytdi. Baza qoladigan bo’ldi. Bu bilan u Putinni yosh boladek aldadi. Bosar tusarini bilmay qolgan Kurmonbek bu orada aholi uchun elektr energiyasi baxosini birdaniga 100 foizga qimmatlatdi. Xalq norozi bo’lib mitingga chiqdi. Bunday imkoniyatdan sobiq “KGB”chi Putin unimli foydalandi, K.Bakievni ketiga bir tepib, Belarusga qo’ndirdi. O’shanda Bakiev ota yurti Teyitga kelib, “Bu (ya’ni uning hokimiyatdan kuvilishi) men uchun ham, Putin uchun ham kutilmagan ish bo’ldi”,-degan edi va xato gapirgan edi. Chunki, Bakiev bunday sharmandalikni kutmagandir, biroq, Putin shunday bo’lishini xoxlagan edi. Xullas, bu aloxida mavzu.

Bakievdan keyin O’tinboeva va undan keyin Atambaev hokimiyatga keldi. Aniqrog’i, olib kelindi. Chunki, u prezident bo’lgunga qadar Kreml ostonasiga yotib oldi. Xozir u tashqi siyosatda Putinning kuchigi. Tur desa, turadi, o’tir desa, o’tiradi. Chunki, u sobiq xamkasblarining kuni boshiga tushishidan qo’rqadi. Ichki siyosatda esa, xech narsa o’zgargani yo’q. Xammasi o’sha o’sha, eski xammom, eski tos.

Xullas, Akaevdan keyin kelgan prezidentlar, garchi davlatni ekstremistik yo’llar bilan bosib olishgan bo’lsalar xam, revolyutsion o’zgarishlar yasashni va’da qilishgan edilar. Lekin aksincha, o’ta qiyinlashtirib yubordilar. Shuning uchun mamlakat aholisining katta qismi kechagi intervyudan keyin Akaevning peshonasidan o’pib, uni kutib olishga tayyor bo’lib qolishsa, ajablanmasa xa bo’ladi. Qiziq, bunday 8 yil burun olomon “Akaev ketsin!”, deb xayqirayotgan edi. Bugun esa, “Akaev kelsin!” deb qichqirilsa, ularni xokimiyat vakillari xam, ularning tarafdorlari xam qaytarishga unchalik e’tibor qaratishmasa kerak. Chunki ularning birortasi, Akaevni quvishda bergan va’dalaridan deyarli birortasini bajara olishmadi. Lekin qancha farzanlarimizni qurbon berishdi. Shoir aytgan ekan; “Qachon xalq bo’lasan ey sen, olomon?”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.