Issiqko’l viloyati Jetio’g’uz tumanidagi Darxon qishlog’i yoshlari bugun 6- fevral kuni Saruu qishlog’ida miting o’tkazayotganlar bilan uchrashish va Qorako’l – Bokonboev – Baliqchi yo’lini ochishni talab qilish niyatidalar. Bu haqida Issiqko’l viloyati IIB matbuot kotibi Stalbek Usubakunov xabar berdi. IIB matbuot kotibining xabar qilishicha, Bugun Darxon qishlog’idagi yoshlar o’z etakchilari Jirg’albek Chamaev va Jenish Barikbaev bilan Saruuda o’tayotgan mitingga qo’shilgan qishloqdoshlarining uylariga borishdi. Qorako’l – Bokonboev – Baliqchi yo’li to’sib qo’yilgan. Jetio’g’uz tumani Qizilsuv qishlog’idagi avtobazada marshrutli bus xaydovchilari Saruu qishlog’idagi mitingchilar bilan uchrashdi. Matbuot kotibining so’zlariga ko’ra, uchrashuvda marshrutli bus xaydovchilarining oltita brigadasi va taksistlarning to’rtta brigadasi qatnashgan. Stalbek Usubakunovning xabar qilishicha, Jetio’g’uz tumanidagi qator qishloq aholisi Qorako’l – Bokonboev – Baliqchi yilini to’sib qo’yganlarga qarshi antimitinga chiqish niyatidalar. Yo’l xozirgi vaqtga qadar yopiqligicha qolmoqda, bu esa Barskoon, Tamg’a, O’rgachor, Qizilsuv, Toosor va Boltaboy qishloqlari aholisining noroziligiga sabab bo’lmoqda.
Turkiston:
IIBning bu bayonotini qanday tushunish mumkin – provokatsiyami yoki provokatsiyaga undashmi? Ehtimol provokatsiya uyushtirishdir, tushunarsiz bayonot. Bu xavfsizlikni ta’minlash organining emas, aksincha xavfsizlikka putur etkazish idorasining orzu istagiga o’xshaydi. Ha, bu hukumat ham avvalgisi singari, antimiting nomi bilan atalmish, xalqni xalqqa qarshi qo’yish yo’lini tutishga ochiq harakat qila boshladi. Eslasangiz 2010 yilning boshida, huddi hozirgi hukumat taxtga kelishi oldidan, o’zlari Bakiev tomonidan shu uslub bilan qarshi olinishgan edi. Bu juda iflos siyosat.