Husni Muborakning hokimiyatdan ag’darilganining 3 yilligi munosabati bilan Misrda norozilik namoyishi tashkil qilindi. Namoyishga chiqqanlar o’ta kuchli tayyorgarlik holatiga keltirilgan davlat xavsizlik kuchlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Natijada bir qancha insonlar hayotdan ko’z yumdi. Misr Sog’liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, to’qnashuvlarda kamida 49 kishi qurbon bo’lgan.
Keyingi xabarlarda esa Qohira va G’izoda o’lganlarning soni 62 kishiga etganligi aytildi. Yaralanganlarning soni esa 247 kishiga etgan. O’lganlarning 58 tasining tanasida o’q izlari mavjudligi isbotlangani aytiladi.
Turkiston:
Husni Muborak qulashini Misr xalqi katta shodiyona bilan kutib olib bayramga aylantirgan edi. Mana oradan 3 yil o’tgan bo’lsa ham Misrdagi vaziyat yaxshi tarafga o’zgarmadi. Shunday bo’lishi tabiiy edi. Chunki Misrda Husni Muborak taxtdan qulagani bilan uning rejimi qanday bo’lsa shundayligicha davom etmoqda. Ya’ni hokimiyat ustidagi shaxslar o’zgardi, ammo tuzum esa avvalgidek davom etayapti.
O’zlaricha hukumat vakillari konstitutsiyani o’zgartirishib unga «islomiy konstitutsiya» deb nom berishdi. Aslida yangi konstitutsiya ham avvalgisidan hech farq qilmaydigan soxta konstitutsiyadan boshqa narsa emas. Avvalgi konstitutsiyadagi Islom dushmanlari bilan til biriktiruv orqali tuzilgan barcha bandlar yangi kostitutsiyada ham o’z o’rnini egallagan. Masalan yangi konstitutsiyada AQShning Misr ishlariga bemalol aralashuviga keng yo’l ochib beriladi. Yahud davlati bilan aloqalar o’rnatishga oid bandlar va musulmonlarning boyliklarini talon taroj qilishga keng yo’l ochib bergan Kemp-Devid shartnomasiga oid bandlar avvalgi bo’yicha qolgan.
Qachonki inqilob faqat Islom asosidagina amalga oshsa ana o’shanda haqiqiy o’zgarishga olib keladi. Bunday inqilob izidan payg’ambarlik minhojidagi Xalifalikni e’lon qilinadi. Unda eski konstitutsiyasini u yoq-bu yog’ini yamab yangi qilib ko’rsatilmaydi, balki u davlatning konstitutsiyasini Allohning Kitobi va Rosulining Sunnatidan istinbot qilib olinadi. Bu davlatning etakchisi, demokratiya bilan emas, Islom shariati bilan boshqarishni e’lon qiladi.
Ana o’shanda Alloh Taoloning
وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va’da qildi» [Nur 55]
degan va’dasi va Rosululloh s.a.v.ning
«ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«So’ngra payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo’ladi» degan bashoratlari ro’yorga chiqadi.
Qiyomuddin