Moskva viloyatida yana bir o’zbekistonlik g’oyib bo’ldi

418
0

Безымянный

“Farg’ona” nashri xabar qilishicha, 24 yanvar kuni Moskva viloyati Golovinskiy tumani hududida O’zbekiston fuqarosi, 1979 yilda tug’ilgan Farruh Murodov ekstraditsiya so’rovi bo’yicha qo’lga olingan. Advokat Illarion Vasilevni “Farg’ona” nashriga aytishicha, Farruh Murodovga Buxoro viloyati IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Murodovga nisbatan jinoyat ishi 2013 yil avgust oyida, O’zbekiston respublikasi jinoyat kodeksining 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish) va 244-2 (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalari asosida qo’zg’atilgan edi.

26 yanvar kuni Farruh Murodov g’oyib bo’ldi. Advokatning so’zlariga ko’ra, “Farruh Murodov ushlanganidan so’ng “Levoberejniy” IIB bo’lgan, u erdan uni Golovinskiy tuman sudiga olib borishgan, sud 23 fevralga qadar qamoqda saqlash to’g’risida qaror chiqargan. Ammo uni suddan so’ng qaerga olib ketishgani noma’lum”.

O’zbekiston fuqarosi bo’lgan Farruh Murodovni Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasi bo’lib, 10 yildan oshiq vaqtdan buyon oilasi bilan yashab kelgan. Farruh Murodov Markaziy Osiyo siysiy qochqinlari o’tkazgan tadbirlarni faol ishtirokchisi bo’lib, Karimov rejimiga qarshi o’tkazilgan ko’plab norozilik namoyishlari va tadbirlarda ishtirok etib kelgan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.