Mahmud Abbos Isroil tinchligi g’amida

461
0

mahm

Isroil harbiylari musulmonlarni hibsga olishni davom ettirayotgan bir paytda Falastin prezidenti Mahmud Abbos yaqin kunlarda Isroil davlati Arab va Islom olamining tinch bir qismiga aylanishini bashorat qildi.

“Biz Isroil tarafi bilan tinchlikka erishish uchun bor kuchimizni sarflayapmiz va biz bu borada jiddiymiz”, dedi u.

Prezident Mahmud Abbos 6 yanvar kuni “rojdestvo” (Iso a.s.ning tug’ilgan kuni) munosabati bilan provaslav cherkovi tarafidan Baytul-Lahmda tashkil qilingan bayramda ishtirok etar ekan, Isroil va Falastin o’rtasida tinchlik bitimiga erishish muhimligini va bu butun Islom olamini o’z ichiga olishini ta’kidladi.

“Isroil tarafi bilan tinchlik bitimiga erishsak, bu butun arab olami va Islom olamiga keng tarqalib, ommalashadi. Natijada Isroil bu tinchlikning bir qismiga aylanadi”, dedi Falastin prezidenti.

Isroil radiosiga intervyu bergan AQShning Isroildagi elchisi Dan Shapiro o’rtaga tashlangan takliflar tinchlik, chegara xavfsizligi hamda Quddus maqomi va boshqa asosiy masalarni o’z ichiga olishini ochiqladi.

Ammo falastinliklar bundan norozi. Ular “Muzokaralar vaqtni cho’zishdan boshqa narsa emas. Shu bahonada, Isroil hukumati yahudiy uy-joy qurilishini bitirib oladi”, degan fikrda.

Darhaqiqat, Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalon “Isroil va Falastin o’rtasidagi so’zlashuvlar ikki taraf o’rtasidagi tinchlik bitimi haqida emas, balki muzokaralar muddatini cho’zish” atrofida bo’lishiga ishora qildi. “Biz hozir so’zlashuvlarni 9 oydan ortiq muddatga davom ettirish harakati bilan mashg’ulmiz”, dedi u fikrini izohlab.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.